So’nggi yangiliklar

03:10Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" Аморим қўл остидаги илк ғалабасини қайд этди, куннинг марказий ўйинида дуранг  7 03:00Конференциялар лигаси. "Бетис" мағлуб бўлди, "Фиорентина" ғалаба қозонди ва бошқа натижалар  0 02:28"Реал" автобуси йўл-транспорт ҳодисасига учради  1 01:45"Милан" футболчиси билан шартномани узайтирди  0 01:23Родри "Реал" ҳақида: "Мардонавор мағлуб бўлишни ҳам билиш керак"  9 00:55Конференциялар лигаси. "Челси"да ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  0 00:45Европа лигаси. Турк клублари учун ғалабасиз тун, "Лион"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:40"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га қарши ўйинда жароҳатланди  1 23:19Рио Фердинанд Европанинг айни дамдаги энг кучли жамоасини айтди  2 22:50"Барселона"нинг икки футболчиси сафга қайтди  4 22:24Конференциялар лигаси. "Астана" сўнгги дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:56Европа лигаси. "Атлетик", "Лион", "Лацио" бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  0 21:48Конференциялар лигаси. "Хайденхайм" - "Челси" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари маълум!  2 21:17Анвар Бердиев: "Плей-оффда ким рақиб бўлишидан қатъий назар ўйнашимиз керак"  3 20:59Педри "Барселона" билан шартномасини узайтиради  1

Srechko Katanec: "Penalti yo'q edi. Bugungidek xato sabab turnirni tark etganimizda nima bo'lardi?" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Penalti yo'q edi. Bugungidek xato sabab turnirni tark etganimizda nima bo'lardi?"

Osiyo kubogi uchinchi turidan o'rin olgan Avstraliya va O'zbekiston (1:1) terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin milliy jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec va uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Jaloliddin Masharipovning o'yin haqidagi fikrlari qanday?

- Assalomu alaykum. Avstraliyaga qarshi o'yin o'z tariximiz uchun muhim o'yin edi. Hech qachon Avstraliyaga gol urmagandik. To'rt ochko bilan guruhdan chiqishimiz mumkin edi. Biroq, bugun bor kuchimiz bilan harakat qildik va murabbiy aytgan barcha topshiriqni bajardik. Avstraliyaga qarshi koncentraciyani kuchaytirib, kerakli natijani qayd etdik deb o'ylayman. 

- Jaloliddin,  O'zbekistondan juda ko'p muxlislar kelgandi. Ularga qarata nima deya olasiz?

-  To'g'ri, bizni qo'llab-quvvatlash uchun Dohaga jeda ko'p muxlislar kelgan. Bundan tashqari, O'zbekistonda bizni 36 mln aholi kuzatmoqda. Ota onamiz, do'stlarimiz qanday harakat qilayotganimizni tomosha qilib turishibdi. Aynan ular uchun bor kuchimizni ishga soldik. Tanqidlarni to'g'ri qabul qilishimiz kerak. Kerakli natijani qo'lga kiritdik. Yana bir narsani qo'shimcha qilish kerak. Bizni nafaqat O'zbekistondan balki butun dunyodagi musofir yurdoshlarimiz kuzatib borishmoqda. Biz ularning qo'llovini his qilib turibmiz.

- Jaloliddin, Avstraliya terma jamoasini ko'p o'yinchilari Evropada o'ynashadi. Qog'ozda ular kuchliroqdek. Lekin bugun ularga qarshi etarli vaziyat yarata oldik.  Avstraliya bilan qanday farqimiz bor ekan?

- Hindistonni 3:0 hisobida mag'lub qilganimizda, ko'pchilik bu o'yin oson bo'ldi deb o'ylaydi. Hozir hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. O'yin kuni kim ko'proq tayyor bo'lsa, o'sha g'alaba qozonadi. Mirjalol Qosimov aytganidek, sen o'zingni kuchligingni isbotlamoqchi bo'lsang, har kuni o'z ustingda ishlashing kerak. Bugun Avstraliya darvozasiga gol urdik va nohush ananaga chek qo'ydik. Avstraliya yaxshi jamoa. Oramizda farq bor. Lekin, to'psiz yaxshiroq harakat qilib, jismoniy jihatdan biroz kuchayib olsak, Osiyoda eng kuchli jamoaga aylanamiz. Bugun Avstraliya bilan katta farq sezmadim.

- Jaloliddin, Markaziy Osiyo futboli haqida nima deya olasiz? O'zbekistondan tashqari, bu turnirda Qirg'iz Respublikasi va Tojikiston termalari ham qatnashishmoqda. Mintaqamizda futbol rivojlanishi uchun nima qilishimiz kerak?

- Men bu savolga javob beradigan darajada katta mutaxassis emasman, ammo o'z tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkin. Masalan, Saudiya Arabistoni nima qildi? Ular ko'p legionerlarni olib kelishdi. Oqibatda, Saudiya Arabistonidagi mahalliy o'yinchilarning 90%  qismi zaxirada o'tirib qoldi.  Fikrimcha, bu narsa terma jamoa zarariga ishladi. O'rta Osiyo jamoalariga kelsak, Qirg'iziston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazganimizda ular juda yaxshi taassurot qoldirishgandi. O'shanda ular pley-off bosqichiga chiqishsa kerak deb o'ylagandim. Menimcha, birinchi o'yindagi mag'lubiyat yigitlarning ruhiyatiga yomon tasir o'tkazdi. Tojikistonni esa tabriklayman. SHu tempda o'sishda davom etsak, bundanda yaxshiroq natijalar qayd etamiz.



- Janob murabbiy, belgilangan penalti haqida fikringiz qanday?

- Penalti yo'q edi. Hakamlarga eng yaxshisini tilayman. Ulardan vaziyatga ko'proq etibor berishlarini so'rayman. VARda qanday o'zaro aloqa qilishlarini bilmayman. VAR qanday ishlayotganini tushunish juda qiyin. Xamrobekov to'pni ko'rmagandi va yiqilayotgandi. Penalti qo'yilgani etmagandek, hakam sariq kartochka ham ko'rsatdi. Hakamlar har doim haq, ammo bu vaziyatda bilmadim. Agar bunday holatga penalti berilsa, bitta o'yinda 10 ta penalti belgilanishi kerak bo'ladi. Bugungidek xato sabab turnirni tark etganimizda nima bo'lardi? Umuman VARda juda ko'p tushunmovchiliklar bo'lmoqda. Hatto Evropada bu kabi holatlar kuzatilmoqda. "Real" va "Almeriya" o'yinida ham VAR bilan muammolar bo'ldi.

- Janob Katanec, Avstraliyaga qarshi o'yin natijasidan qanchalik qoniqdingiz?

- Albatta, qoniqdim. O'yindan oldin qiyin bo'lishini bilardik. Avstraliya jismonan o'ta kuchli jamoa. Biz bugun yaxshi futbol o'ynadik. Birinchi bo'limda bazi tushunmovchiliklar bo'ldi. Biroq, shu holatda ham 2-3 ta xavfli qarshi hujumlar uyushtirdik. Ikkiga bir qolgan holatimiz ham bo'ldi, ammo vaziyat ko'kka sovurildi. Endi dam olamiz va keyingi o'yin haqida o'ylashni boshlayman.

- Janob murabbiy, Igor Sergeev bugun jarohat oldi. Sizda hujumchilar bo'yicha yana boshqa reja bormi?

- Terma jamoadagi barcha kuchli o'yinchilarni bir paytda, bitta joyda to'plash qiyin. Har bir futbolchida istalgan payt muammo paydo bo'lishi mumkin. Bu holatga echim topishga bor kuchim bilan harakat qilaman. Bu qanchalik o'xshaydi, hozircha bilmayman.



- Avstraliya terma jamoasiga to'g'dirgan eng katta xavfingiz nima bo'ldi?

- Birinchi bo'limda chap qanotda ko'rsatgan o'yinimiz menga yoqmadi. Bu qanotdan kombinaciyalar tashkil qilishni istagandik, ammo birinchi bo'limda bu narsa o'xshamadi. Oldinga ko'proq intilishimiz kerak edi. Avstraliyaga qanday xavf tug'dirganimizga kelsak. Biz bosh bilan urdik. Ikkinchi qavat Avstraliya himoyasining eng kuchli tarafi hisoblanadi. Raqib himoyachilari o'ta baland. Qizig'i shundaki, biz aynan shu holatda bosh bilan gol urdik.

- Bugun hujum chizig'ida o'ynagan Oston O'runov va Abbosbek Fayzullaevlarning harakatlaridan qanchalik qoniqdingiz?

- Ularning o'yinidan qoniqdim. Avstraliyaliklar jismonan juda kuchli hisoblanadi. Birinchi bo'limda Jaloliddin Masharipovni birinchi bo'limda maydonga tushirganimda ham huddi shunday holat yuz berishi mumkin edi. Avstraliya himoyasini yorib o'tish har qanaqasiga ham qiyin. SHunday ekan, hujum chizig'imiz ko'rsatgan o'yindan qoniqdim deya olaman. Biz juda yaxshi jamoamiz. Har bir o'yinda, istalgan raqibga qarshi vaziyat yarata olamiz. Tarkibimizda kuchli o'yinchilar etarli.


Reyting: +82   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика