So’nggi yangiliklar

10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  1 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  6 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  33 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  3 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37

Srechko Katanec: "Meni chiroyli fintlar, qoyilmaqom paslar unchalik qiziqtirmaydi. Futbolchilarni chaqirish-chaqirmasligim ular o'ynayotgan chempionatga ham bog'liq" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Meni chiroyli fintlar, qoyilmaqom paslar unchalik qiziqtirmaydi. Futbolchilarni chaqirish-chaqirmasligim ular o'ynayotgan chempionatga ham bog'liq"

Rossiyaga qarshi nazorat uchrashuvidan so'ng O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec va o'yinnining eng yaxshi futbolchisi Otabek SHukurov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Aziz G'aniev va Sardor Rashidovning o'yinlarini kuzatyapsizmi? Ular o'z jamoalari safida ishonchli harakat qilishmoqda...

- Albattma, men barcha o'yinchilarni kuzatib boraman. Ularni chaqirish-chaqirmasligim ular o'ynayotgan chempionatga ham bog'liq. Bilasizki, bizda jismoniy tarafdan muammolar bor. Tarkib yig'ilgach, bir yarimta mashg'ulotdan so'ng o'yinga tushishyapti, bu etarli emas. Futbolchilardan yaxshi tempa harakat qilishi talab etiladi. BAA va Qatar chempionatlari tempini juda yuqori deya olmayman, shu bois menga 90 daqiqa davomida yuguradigan futbolchilar kerak. Meni chiroyli fintlar, qoyilmaqom paslar unchalik qiziqtirmaydi. Menga ilk navbatda, gol urib, 90 daqiqa o'ynay oladigan futbolchilar kerak. SHu sababdan, termaga chaqirishda ilk navbatda yoshiga etibor beraman. SHuningdek, ularning statistik malumotlari asosida jamoaga jalb qilaman. "Hojimat Erkinov ham yosh o'yinchi edi. Lekin u ko'z oldimizda qanday o'sganini ko'rdingiz. Xuddi shu narsani boshqa yosh o'yinchilarga ham maslahat bergan bo'lardim. Barchasi ularning o'ziga bog'liq. Agar ular yaxshi o'ynab turishsa, men ularni terma jamoaga chaqiraman. U 16-17 yosh bo'ladimi yo 30 yosh bo'ladimi, tarkibga chaqiraman. ", - dedi Katanec

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика