So’nggi yangiliklar

22:55Here we go! Мартинес "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  2 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  6 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  86 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:11Конференциялар лигаси саралаши. "Викинг" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  12 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  17 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  2 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  10 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  4

Srechko Katanec: "Men uchun bunday maydonda o'ynash futbol emas, buni balki futzal yoki boshqa nimadir deb atash mumkin" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Men uchun bunday maydonda o'ynash futbol emas, buni balki futzal yoki boshqa nimadir deb atash mumkin"

JCH-2026 saralashi doirasida Turkmaniston termasiga qarshi o'yin oldidan O'zbekiston termasi bosh murabbiyi Srechko Katanec hamda sardor Eldor SHomurodov ishtirok etdi.

Srechko Katanec: - To'liq jamoa bo'lib birgina mashg'ulot o'tkazdik. Bilasiz, O'zbekiston terma jamoasida ko'p mashg'ulot o'tkazish uchun imkoniyat bo'lmaydi. SHu sababli ertaga bizni qiyin uchrashuv kutib turibdi desa ham bo'ladi. Raqib ham yaxshi jamoa. Umuman olganda, barcha raqiblarga katta hurmat bilan qarash kerak. Turkmaniston termasining bir qancha yaxshi futbolchilari bor. Ertangi o'yinda futbolchilarimdan maksimal kuch bilan o'ynashlarini talab qilaman.

Eldor SHomurodov: - Jamoaning atmosferasi yaxshi. Ertangi uchrashuvga barcha futbolchilar tayyor. Birinchi o'yin hech qachon oson bo'lmaydi. Bilamiz, Turkmaniston termasi yaxshi jamoa. Bizga jahon chempionatiga chiqish maqsadi qo'yilgan. SHu sababli bu erga faqatgina g'alaba uchun kelganmiz.

Guruh haqida nima ham derdim. Eron - kuchli terma jamoa. Ular guruh favoriti hisoblanishadi. Jahon chempionatiga chiqish asosiy maqsad bo'lganidan keyin guruhda birinchi o'rinni olishni istaymiz. Buning uchun bizda munosib jamoa bor. 

Srechko Katanec: - Tayyorgarlikda o'zgacha holatlar bo'lmadi. Doimgidek tayyorlandik. Raqibning o'yin uslubiga bog'lanib qolmasligimiz, ilk navbatda o'zimizning o'yinimizni, kuchli tomonlarimizni ko'rsata olishimiz kerak. Ertaga suniy maydonda o'ynaymiz. Umuman olganda, bunday darajadagi o'yin uchun bu unchalik yaxshi holat emas. Men uchun bu futbol emas, shunchaki, sportning boshqa turi, balki, buni futzal yoki boshqa nimadir deb ham nomlasa bo'ladi. Bu maydonda futbolchilarning jarohat olishi ham osonlashadi, shuningdek, boshqa xavf ham bor. Turkmaniston termasining vingerlari juda tez, ular standart holatlarida juda xavfli qurolga aylanishadi. Bu futbol, ular birinchi bo'lib gol urishlari mumkin, biz ham urishimiz mumkin. Saralashning ilk o'yini barcha uchun juda muhim.

Albatta, hozirdan kim o'ynay olishini ayta olmayman. Biroq ertaga o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish qilishga harakat qilamiz. Bunga vada beraman. Bu terma bilan ishlayotganimga 2 yildan oshdi. Jamoani o'yinga tayyorlash borasida hali muammo bo'lgani yo'q. Futbolchilar doimo 100 foiz kuch bilan o'ynashadi. SHu bois ertaga chiroyli o'yin ko'rishimiz mumkin.

Eldor SHomurodov: - Ilk navbatda sog'lik tilayman, chunki bu sportchilar uchun juda muhim. Omad ham yor bo'lishini tilayman. Katta futbolchi bo'lib etishsin, Turkmaniston termasi tarkibida o'ynasin. Barchaga omad tilayman.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика