So’nggi yangiliklar

23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар дом ютиш яхши"  0 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  1 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  6 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  1 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  27 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  5 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  1 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  3 19:38"Андижон"га қарши ўйинда "Қизилқум"нинг голи ўғирландими? Суперлиганинг 13-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 19:13Шота Арвеладзе собиқ клубига қайтди  0 18:38"Олтин тўп" эгаси КЧЖни кузатмаяпти: "Барселона" ўйнамаяпти. Шундай экан... нимага уни кўриш керак?  6 17:10"Ювентус" ва Дэвид йиллик маоши 6 млн евро бўлган шартнома бўйича келишиб олди. Фуболчининг агентлари 10+ млн. евро комиссия талаб қилишмоқда  1 17:01Эшитдик-да! "Насаф" ҳужумчиси клубни тарк этмоқда   20 16:28Сардор Абдураимов: "Чемпионатдаги мағлубият учун "Нефтчи"дан реванш олдик"  5

Srechko Katanec Masharipovga o'yin bermaslik, vaqtni cho'zish va boshqa mavzular haqida gapirdi (matbuot anjumani) Yangiliklar

Srechko Katanec Masharipovga o'yin bermaslik, vaqtni cho'zish va boshqa mavzular haqida gapirdi (matbuot anjumani)

O'zbekiston hamda Iroq terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng (0:1) mehmonlar bosh murabbiyi Srechko Katanec o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.







"Birinchi navbatda aytishim mumkinki, bugun biz maydonda yaxshi o'yin ko'rsatdik va g'alaba qozondik. Himoyada ham tartibli harakat qildik. Goldan tashqari ham yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik. SHuning o'zi ham uchrashuvda haqli ravishda g'alaba qozonganimizni bildirib turibdi. SHuning uchun yigitlarimizni g'alaba bilan tabriklayman", - deya so'z boshladi Katanec.

- Iroq terma jamoasi mashg'ulotlarida uchburchak shaklda o'ynash uslubini ko'rdik. Bugun ham shu uslubni ko'rdik. Bu murabbiyning shaxsiy rejasimi? 

- Men O'zbekiston terma jamoasini juda hurmat qilaman. Ularni o'rganib chiqqanimizda shuni bildikki, O'zbekiston terma jamoasi himoyasida muammolar bor. Lekin yarim himoya va hujum kuchli edi. Ayniqsa, 10 raqamli futbolchini (Jaloliddin Masharipovni) alohida etirof etib o'taman. Unga nisbatan zich o'ynashga harakat qildik. Zonada harakatlanishga imkon bermaslikka harakat qildik. Futbolchilar o'z oldilariga qo'yilgan vazifani yaxshi bajarishdi. SHu sababdan, biz ushbu o'yinda g'alaba qozondik. Agar uning erkin o'ynashiga qo'yib berganimizda, u birgina pasi bilan jamoadoshlarini yaxshi vaziyatga olib chiqib qo'ya olardi. 

- Evropadan murabbiy kelsa ham arab futbolchilari vaqtni cho'zishmoqda. Bu Evropa mutaxassislari o'zgartira olmayotgan jihatmi yoki o'zingiz ham shunga yo'l qo'yib beryapsizmi?

- Siz haqsiz. Bu menga ham yoqmaydi, ishoning. Buni Iroq chempionatida ham ko'ramiz. Bilmadim, bu qaerdan arab futboliga kirib kelgan. Balki havo issiqligidan yotib olishsa kerak (kuladi). Lekin men xech qachon futbolchilarimga vaqt cho'zish, yotib olish, hakamlar bilan bahslashish va shunga o'xshash ko'rsatmalarni bermayman. Yiqildingmi, o'rningdan tur va o'yinni davom ettir. Bilmadim, buni qanday qilib o'zgartirish mumkin. Balki bu u erdagi futbol madaniyati bilan bog'liqdir. Bu arab futbolida bor narsa.

- O'yindan oldin O'zbekiston terma jamoasi himoyasi haqida qanday fikrda edingiz, o'yindan keyinchi?

- Raqib o'yinchilari yoki himoyasi haqida fikr bildirsam noto'g'ri bo'ladi. Bu terma jamoa murabbiyining o'zini ishi. Men faqatgina o'z futbolchilarim haqida gapirishim mumkin. Ular haqida gapiradigan bo'lsam, yigitlarimiz tezkor harakat qilishdi va O'zbekiston terma jamoasiga muammolar tug'dirishdi. O'ylaymanki, futbolchilar bundan keyin ham o'sishda davom etishadi va kelajakda o'z so'zlarini aytishadi deb o'ylayman.

Saralash o'yinlarida O'zbekiston terma jamoasiga omad tilab qolaman.

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика