So’nggi yangiliklar

22:35"Яйпан" дастлабки уй ўйинларини бошқа стадионда ўтказади  1 22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  6 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  2 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  5 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:21АПЛ. "Эвертон" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  4 21:12Эртадан Ўзбекистон кубоги старт олади  1 21:00Клублар рейтинги. Мингталикдан Ўзбекистоннинг икки клуби ўрин олди, улар орасида "Пахтакор" йўқ  18 20:45"Ливерпуль" 10 мавсумлик антирекордини такрорлади  1 20:32Тожикистон терма жамоасига Суперлиганинг икки нафар футболчиси чақирилди  0 20:15Эмре Жан шартномани узайтирди  0 20:08Футбол афсонаси Янги Каледонияни жаҳон чемпионатида иштирок этишга лойиқ деб ҳисоблайди  3 19:43Слотнинг кетиш вақти келдими? "Ливерпуль" сўнгги уч ўйинида иккинчи марта мағлуб бўлди  24 19:15Португалия ва Колумбия ЖЧ-2026 учун мўлжалланган либосларини тақдим этди  10 18:54Пеп Гвардиола финал олдидан қандай фикрда?  2

⚡️Srechko Katanec bo'lajak raqib KXDR terma jamoasi haqida nimalar dedi? Yangiliklar

⚡️Srechko Katanec bo'lajak raqib KXDR terma jamoasi haqida nimalar dedi?

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec yaqinda championat.asia saytiga katta eksklyuziv intervyu berdi.

Ushbu intervyu davomida bosh murabbiyga JCH-2026 uchinchi saralash bosqichidagi birinchi raqib KXDR haqida ham savol berildi.


- Bir necha kundan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi uchinchi saralash bosqichida KXDRga qarshi dastlabki uchrashuvini o'tkazadi. KXDR "sirli jamoa" desak ham bo'ladi, ular haqida malumot topish oson vazifa emas. Birinchi raqibimiz qanday o'rganildi?

- Bir nechta o'yinlarini tomosha qildim, ammo siz aytib o'tganingizdek, KXDR "sirli jamoa". Raqibimizda yig'in o'tkazish uchun etarlicha vaqt bor edi va ular birinchi o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun barcha imkoniyatlarga ega, lekin biz raqibdan yaxshiroq holatda bo'lishimiz kerak. Bu biz uchun juda muhim. Yaxshi o'yin namoyish etib, g'alaba qozonishimiz lozim. Guruhdagi barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonishimiz kerak va bu juda muhim rol o'ynaydi.

Aslida nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi. Hozirgi damda ayrim futbolchilarimiz o'z klublarida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan bir paytda, qolganlar kam o'ynamoqda va o'yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. Bu muammo meni o'ylantiryapti. Katta o'zgarish qilish niyatim yo'q. So'nggi uch yilda sifatli selekciya ishlarini olib bordik.

Maqsadimiz — Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish. Bu haqda uch yildan beri gapirib kelamiz. Uch yil muqaddam O'zbekiston terma jamoasi JCH uchinchi saralash bosqichida ishtirok etmagandi. Terma jamoa tarkibidagi ko'pgina futbolchilar ushbu saralashdagi ishtirok ular uchun so'nggi imkoniyat ekanligini yaxshi bilishadi. Futbolchilar bilan ham SHimoliy Koreya jamoasini tahlil qilib chiqamiz, biroq biz qaysi jamoaga qarshi o'ynashimiz haqida ko'p ham qayg'urishimiz kerak emas. Biz o'zimiz nima qilishimiz kerakligi haqida ko'proq bosh qotirsak to'g'ri bo'ladi. Futbolchilar ham so'nggi uch yil davomida nimalarga qodir ekanliklarini bilib olishdi. Jismoniy va ruhiy tomonlama tayyor bo'lish muhim ahamiyatga ega", - dedi Srechko Katanec championat.asia saytiga. 



Srechko Katanec bilan bo'lgan intervyuni to'lig'ini tez orada championat.asia saytida tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика