So’nggi yangiliklar

10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  0 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  0 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  1 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  3 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  10 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  2 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  3 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  8 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3

Srechko Katanec: "Katta turnirlar arafasida bir oy vaqt ajratilsa, shunda nimadir qila olaman" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Katta turnirlar arafasida bir oy vaqt ajratilsa, shunda nimadir qila olaman"

Osiyo Kubogi 3-saralash bosqichi 3-turi doirasidagi O'zbekiston – Tailand (2:0) bahsi yakunlandi.

O'yindan keyin o'tkizilgan matbuot anjumanida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec va o'yinchi Eldor SHomurodov qatnashishdi.

Srechko Katanecning o'yin haqida fikrlari:

- Avvalambor barchangizga rahmat aytaman. SHuningdek, futbolchilarga ham minnatdorchilik bildiraman. Bugun yaxshi o'yin namoyish etdik. To'g'ri, oldinga bahslarda ham ishonchli o'ynaganmiz, biroq bugungi o'yin eng yaxshisi edi. Uchrashuv davomida kamida 5-6 ta gol urishimiz mumkin edi.

Eldor SHomurodov: Bugun ishlab chiqqan taktikamiz o'yin davomida amalga oshdi. Tailand qanday o'yin namoyish etishini yaxshi bilardik. O'ylashimcha, munosib o'yin ko'rsatdik.

- Masharipov zaxiraga olingach, noroziligini namoyish etib, sizga etiroz bildirdi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Buni muammo deb hisoblamayman. O'zimning ham futbolchilik paytimda shunda hissiyotlar boshimdan o'tgan. Bu normal holat. Men o'z ishimni bajaryapman. Qolgan o'yinchilarni ham sinab ko'rishim kerak. Hech qanday muammo yuzaga kelgani yo'q.

- O'zbek klublari terma jamoa murabbiyiga futbolchi etishtirib berishi kerak. Hozirda kechayotgan bu jarayonni qanday baholaysiz?

- Bu haqda hech qanday fikr bildira olmayman. Barcha murabbiylarni hurmat qilaman. Men faqatgina ularga maslahat bera olishim mumkin, chunki ularning o'z rejalari bor. Futbolchi klub ixtiyorida bo'lganida, ularga qo'shimcha topshiriq berolmayman. Eng yaxshi yo'l — katta turnirlar arafasida bir oy vaqt ajratilsa, shunda nimadir qilolaman.

- O'zbekiston uchala raqibga qarshi ikki hujumchi bilan o'ynadi. Bu taktika raqibga qarab tanlandimi yoki doimiy ravishda qo'llaniladimi?

- Yo'q, taktika raqibga qarab tanlanadi. Biz bir xil taktikada o'ynamaymiz. Masalan, kecha o'yindan oldin rejamda boshqacha ko'rinish bor edi, biroq bazi o'zgarishlar kiritib, bugungi tarkibni maydonga tushirdim. Men doimiy ravishda o'zimni so'roqqa tutaman. Agarda yuqori darajadagi 15 ta o'ta mohir o'yinchi bo'lsa, bir taktikada bemalol o'ynataverardim va bundan xursand bo'lardim.

- Eldor SHomurodovning kelajakdagi rejalari qanday?

- Faol qo'llab-quvvatlashayotgani uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Faoliyatimga keladigan bo'lsam, hozircha hech qaerga ketish niyatim yo'q.

- Eldor, hujumda qaysi futbolchi bilan yaxshi tandem hosil qilasiz?

- Har bir futbolchining o'z o'rni bor. Masalan, Amonov biroz orqaroqda harakat qiladi, Sergeev esa sof hujumchi poziciyasida o'ynaydi. Bu asosan qanday taktika tanlanishga bog'liq. Menga ikkisi bilan ham o'ynash qulay. 

- Srechko Katanec kelgusidagi rejalar qanday?

- Endilikda qolgan o'yinchilarni ham kuzatamiz. Sentyabr va noyabr oylarida FIFA kunlari o'tkaziladi. O'ylaymanki, bundan foydalanib, kuchli jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazamiz.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика