So’nggi yangiliklar

09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  2 08:55He we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  4 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  2 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  1 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  8 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  12 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1

Srechko Katanec: "Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonaman" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonaman"

Srechko Katanec Jahon chempionati-2026 saralashining 3-bosqichiga qura tashlash marosimi yakunlangach, Qatar terma jamoasi xususida gapirdi va O'zbekiston terma jamoasining JCHga chiqish imkoniyatlariga baho berdi.

- O'zbekiston terma jamoasi Qatar terma jamoasidan alamini oladimi?

Qatar terma jamoasi haqida to'xtalsak, juda yaxshi terma jamoa, oxirgi JCH ishtirokchisi. Futbolchilari anchadan beri bir jamoa bo'lib o'ynab kelmoqda. Qatarni hurmat qilamiz, shu bilan birga, boshqa termalarni ham. Asosiysi, bor etiborimizni o'z terma jamoamizga qaratishimiz kerak. Muxlislarimiz bizni Turkmanistonga qarshi o'yinda bo'lgani kabi qo'llab-quvvatlashlarini xohlardim. 

- Mundialga yo'l olishimizga necha foiz ishonasiz?

Foizlarda aytmayman, lekin terma jamoamizga ishonaman. Oxirgi uchrashuvlarga nazar tashlasak, biz mag'lubiyat nimaligini bilmay kelyapmiz. Asosiysi, futbolchilar jarohatlarsiz va doimo yaxshi formada bo'lishi, klublarida muntazam ravishda harakat qilishlarini istardim. Jahon chempionatiga chiqishimizga ishonaman.



Avvalroq Katanec O'zbekiston MTJ kuchli jamoalardan iborat guruhdan joy olgani va uzoq safarlarni amalga oshirmasligi haqida gapirgan edi.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика