So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Srechko Katanecning O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi sifatidagi ilk matbuot anjumani bo'lib o'tdi Yangiliklar

Srechko Katanecning O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi sifatidagi ilk matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Sloveniyalik murabbiy Srechko Katanec ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada matbuot anjumanini jonli kuzatib borish mumkin. 



YANGILASH


SHunday qilib, Srechko Katanec ishtirokidagi matbuot anjumani yakuniga etdi. Etiboringiz uchun rahmat.

 

- Siz Sloveniya terma jamoasini ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqqansiz. Endi O'zbekiston terma jamoani ham JCHga olib chiqishga harakat qilasiz. Jahon chempionatiga chiqqanidan keyin o'sha mamlakatda futbol rivojlanadi deb ayta olasizmi? 

- Albatta, sababi o'sha davlatda nafaqat terma jamoa, balki klublar ham rivojlanadi. SHunda umumiy futbol ham o'sadi.


- Siz faqat milliy terma jamoada ishlaysizmi yoki turli yoshdagi terma jamoalarga ham o'z uslubingizni olib kirasizmi?

- Men doim turli yoshdagi murabbiylar uchun ochiqman, ular bilan hamkorlikda ishlashimiz kerak. Sababi yosh terma jamoalar kelajakda aynan milliy terma jamoaga futbolchi etkazib beradi.


- Evropalik murabbiylarni Osiyoga katta pullar boshlab keladi. Ammo Katanecning o'z bizneslari bor va pul uchun O'zbekistonga kelmagani aniq. Bu erdagi motivaciyangiz aynan nima?
- Maqsadim — terma jamoa bilan g'alaba qozonish. Biznes haqida o'ylamayman. Futbol mening hayotim, uni yaxshi ko'raman.

- O'zbekiston terma jamoasidagi maoshingiz qancha?
- (kuladi) bu muhim emas deb o'ylayman.

- Terma jamoani tuzishda tanish bilishchiliklarga yo'l qo'yiladi, degan gap so'zlar bor. Agar siz shunday holatga tushsangiz qanday kurashasiz?
- Bunday holatlarga umuman yo'l qo'yilmaydi. Boshqa jamoalarda shunday vaziyatlar bo'lgan, ammo bunga yo'l qo'ymaganman. Qandaydir bosim ostida tarkib shakllantirish kerak bo'lsa, uni tarkibga qo'shmayman. Sloveniya mamlakati prezidenti o'yinimizga kelganida faqat tomosha qilgan va tarkib tuzishga aralashmagan.


- Terma jamoa shtabiga mahalliy murabbiyni ham ko'ramizmi yoki yo'q?
- Birinchi oylarda albatta, konsultant kerak bo'ladi. Keyinchalik o'zimiz davom ettiramiz. Birinchi navbatda menga yaxshi tarjimon kerak bo'ladi. Birga yashashi va xafa bo'lsam, xafa bo'lishi lozim. SHundan keyin futbolchilar bilan bitta tilda - futbol tilida gaplashamiz.

- O'zbekiston terma jamoasining kamchiliklarini yo'qotish uchun qaysi terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazishni istardingiz.
- Kuchli terma jamoalarga qarshi o'ynashni istayman. 5 sentyabr kuni SHveciyadek kuchli jamoa bilan o'ynaymiz. Faqat kuchli emas, o'zimizga mos jamoalar bilan ham o'yinlar o'tkazamiz. Bu yosh futbolchilarimizning o'sishi uchun yordam beradi.

- Ektor Kuper ishlaganida ko'p yangi narsalarni olib keldi futbolimizga. Ammo ko'plab tanqid toshlari ostida qolib ketdi. Sababi u futbol ommasi bilan ishi bo'lmadi. Siz bunga qanday qaraysiz?
- Hammamiz bir xil insonlarmiz. Albatta, o'zbek futboli jamoatchiligi muhim, balki eng muhimidir. Futbol muhitini aynan sizlar yaratasizlar. Yutamizmi yoki yutqazamizmi, sizlar tanqid qilishga haqlisizlar. Agar nimadir o'xshamasa, buni to'g'ri qabul qilaman. Ammo har doim sizlar bilan birgalikda yo'l topib ishlashga umid qilaman. Maqsadimiz — har bir bahsda g'alaba qozonish! 

Ijtimoiy tarmoqlarda: feysbuk yoki instagramda umuman sahifalarim yo'q. CHunki buning uchun vaqtim ham yo'q. OAV uchun doim ochiqman va doimo birga ishlashga tayyorman. 

Keyin yana bir iltimosim bor, savol berayotganda, bir futbolchi haqida savol bermanglar. CHunki bu terma jamoa.



- Iroq chempionati va O'zbekiston chempionatini taqqoslay olasizmi?
- Iltimos, oldingi ish joyim haqida savol bermang. Iroq men uchun tarixga aylandi. O'zbek futboli haqida savol berishingiz mumkin. Eng muhim narsa — klublar bilan aloqamiz yaxshi bo'lishi. CHunki futbolchilar ko'p vaqtini klubda olib boradi. Masalan, "Paxtakor" yoki boshqa o'zbek klubi OCHLni yutsa, ajoyib bo'lardi. SHunda yaxshi saviyadagi futbolchilar ko'payadi.


- Sentyabr oyidagi yig'in haqida gapirib bering.
- Terma jamoa yig'ini ertadan boshlanadi. Futbolchilar ro'yxatini shakllantirishda bu safar O'FA vakillari yordamidan foydalandik. Sababi o'zim yaqinda keldim va futbolchilarni bilmasdim. FIFA kunlari odatda juda kam bo'ladi. SHomurodov to'g'ri SHveciyaga uchib boradi. Rejamizda yanvar oyida terma jamoa yig'inini tashkil etish bor.

- Katanec oldiga aniq vazifa qo'yildimi? Yoki Osiyo Kubogi JCH yo'lida qurbon qilinadimi?
Ravshan Ermatov: - Yo'q. Katanec oldiga vazifa qo'yildi - Jahon chempionatiga chiqish. Ushbu vazifa bir necha bosqichda bajariladi. Osiyo Kubogidek katta musobaqa qurbon qilinmaydi. Katanec ham aytib o'tdi, har bir mashg'ulotda g'olib bo'lishni istayman deb. Demak, biz har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz.

- O'FAdan taklif bo'lganidan keyin terma jamoamizni o'rgandingizmi? Oxirgi o'yinlarini ko'rdingizmi? Futbolchilarimizning holati bilan tanishdingizmi? U erga borib, nima bera olaman deb o'yladingizmi?
- Albatta! O'FAdan taklif tushganida juda ko'p tahlil qildim. Agar jamoa murabbiyni almashtirayotgan bo'lsa, demak, nimadir yaxshi ketmayotgan bo'ladi. O'zbekiston terma jamoasi deganda, xayolimga yaxshi saviyadagi futbolchilar keladi. Endi mana shu futbolchilar bir jamoaga aylanishi kerak. Masalan, Italiya Evropa chempionatida qanday o'ynaganini ko'rdingiz, kerak paytda himoyalandi, kerak paytda hujumga o'tdi. Futbolchilarning jismoniy holati ham buni ko'tarishi kerak.

- Bir qator klublarimizning o'yinlarini stadiondan kuzatdingiz. Qaysi jamoa o'yini sizda yaxshi taassurot qoldirdi?
- Juda shoshilyapmiz, biz hali ko'p o'yin ko'rmadik. Masalan, bir futbolchi bitta o'yinda yaxshi o'ynashi mumkin, keyingisida yomon o'ynashi mumkin. "Paxtakor" chempion jamoa va ko'plab futbolchilar aynan shu klubdan taklif etiladi. Juda muhim poziciyalarda kuchli legioner bor ekan.

- SHartnoma 2025 yilgacha tuzildi. Oldinda Osiyo Kubogi ham bor. Agar Osiyo Kubogida muvaffaqiyatsiz ishtirok etilsa, jarayon qanday kechadi?
- Futbol shunaqa narsa ertaga nima bo'lishini bilmaysiz, ammo men hatto o'rtoqlik o'yinida ham g'alaba qozonishni istayman. Jamoa ham shunday bo'lishini xohlayman. Albatta, Osiyo Kubogida ham yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz. Agar yomon qatnashsak, nima bo'lishini rahbariyat hal qiladi, men emas.

- Sizning falsafangiz qanday: mavjud futbolchilardan taktika tuzasizmi yoki o'z taktikangizga futbolchilarni moslaysizmi?
- Ikkalasi ham. Qaysidir joyda unday, qaysidir joyda bunday. Futbolchilarni ko'pini ko'rdim, ular taktikamizga mos tushishadi. Yuqori darajadagi futbolchilar istalgan taktikaga moslashishi kerak. Zamonaviy futbol shunday, raqib kuchliroq bo'lsa, unga moslashishi shart.

- O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lganingiz bilan tabriklayman. Sizdan oldingi murabbiylar yo'l qo'ygan qaysi xatolarni takrorlamaysiz?
- Biz atigi 1 hafta oldin O'zbekistonga keldik. Oldimizda turgan asosiy vazifa Jahon chempionatiga chiqish. Ko'plab yoshi katta futbolchilar terma jamoadan ketdi, ularnining o'rnini yoshlar bilan to'ldirish kerak. Oldingi murabbiylar haqida gapira olmayman. Sizlar yaxshiroq bilasizlar. Terma jamoada men degan narsa yo'q, terma jamoada biz degan narsa bor!


"Barchaga xayrli kun. Men va murabbiylar shtabim bilan shu erda ekanimdan xursandman. O'FA rahbariyatiga ishonch uchun rahmat aytmoqchiman. Videorolik uchun rahmat aytaman, ko'p narsa yodimdan chiqqan ekan. Futbol bir joyda turmaydi. Albatta bizning maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish, ammo ungacha qiladigan ishlarimiz ko'p. Yosh va quvvatga to'la jamoa tuzishimiz kerak. Matbuot vakillarining ham yordami kerak bo'ladi. Jamoa yutganida ham, yutqazganida ham qo'llab-quvvatlashingizni so'rab qolaman", - dedi Srechko Katanec. 



"O'zbek futbolining asosiy jonkuyarlariga alangali salom. O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyini tayinlash uchun juda ko'p izlanish olib bordik. Murabbiylar va faxriylar kengashi 30dan ortiq murabbiyni ko'rib chiqdik. Ular orasida katta murabbiylar ham bor edi. Ammo murabbiylar kengashi bizga aniq kriteriyani aytib o'tdi: terma jamoada ishlash bo'yicha tajribasi bo'lishi va Evropa futbolini yaxshi bilishi. Yana bir kriteriya O'zbekistonda ishlashga xohishi va istashi. Yurtimizga kelgach shu mamlakat "farzandi"ga aylanib ketishi kerak. Bosh murabbiy doimiy ravishda O'zbekistonda yashashi va barcha ligalarimiz o'yinlarini kuzatib uni tahlil qilishi kerak. Bu asosiy talablardan biri. Futbolga zamonaviy yondashishi va texnologiyalardan foydalanishni bilishi ham kerak. Murabbiyning xarakteri ham muhim ahamiyat kasb etardi. CHet tillarini ham bilishi kerak edi. Yoshi jihatidan ham o'rtacha bo'lishi kerak. Insonning ishlashga bo'lgan loqaydligi ham inobatga olindi. Moddiy tomonni ham hisobga oldik. Murabbiyning o'z shtabi bo'lishi, u shtabda tajribali mutaxassislar bor yoki yo'qligiga ham etibor qildik. 

Mana shu kriteriyalarga mos 4-5 nafar murabbiylar qoldi. Ular orasidan sloveniyalik Srechko Katanecni tanladik. U yurtimizga kelib darhol stadionlarga borib ko'rdi va hatto mashg'ulotlarga ham bordi", - dedi Ravshan Ermatov. 



15:11. Matbuot anjumanini Ravshan Ermatov ochib beradi.

15:10. Eslatib o'tamiz, Katanec bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolandi.

15:09. Tabloda Srechko Katanecning murabbiylik faoliyatiga oid videorolik namoyish etilmoqda

15:07 - Murabbiylar anjuman xonasiga kirib kelishdi. Hozir boshlanadi.

15:05 - O'FA matbuot xizmati rasmiy xabar berdi: Srechko Katanec - O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi         

- Anjuman soat 15:00da boshlanadi.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика