Srechko Katanec Iroqni tark etdi, bunga sabab uch oydan beri maosh olmayotgani
20 noy 2019 14:38
Yangiliklar


Srechko Katanec Iroqni tark etdi, bunga sabab uch oydan beri maosh olmayotgani
Kecha bo'lib o'tgan Iroq - Bahrayn o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng iroqliklar ustozi istefo berdi.
JCH saralash o'yinlarida Iroq juda yaxshi natijalarni qayd etyapti va 11 ochko bilan o'z guruhida 1-o'rinni egallab turibdi. SHunga qaramay, terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanec ishdan bo'shashni lozim topdi, bunga sabab uch oydan beri maosh olmayotgani.
Murabbiyning agenti Behruz Dezhbodning aytishicha, sloveniyalik murabbiy bilan shu yilning 23 avgust kuni yangi shartnoma imzolangan va yangi shartnomaga ko'ra, Katanec 400 ming dollar olishi kerak bo'lgan. Biroq oradan 3 oy o'tibdi hamki, Srechko Katanec hali maosh olgani yo'q. SHu bois evropalik murabbiy guruhda birinchi o'rinda borayotgan jamoani tark etishga majbur bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar