So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  14 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Himoyamiz Eldor SHomurodovdan boshlanadi", "Stadionda ko'proq muxlis bo'lishi kerak edi" - Katanec Qozog'istonga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

"Himoyamiz Eldor SHomurodovdan boshlanadi", "Stadionda ko'proq muxlis bo'lishi kerak edi" - Katanec Qozog'istonga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?

O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan (2:0) keyingi matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec va himoyachi Husniddin Aliqulov ishtirok etdi.



O'yin haqida


Srechko Katanec: "Bugungi o'yindan olgan taassurotlarim ijobiy, sababi bugun g'alabaga erishdik. Taktik jihatdan yaxshi o'yin ko'rsatdik. Hozirgi holatdan kelib chiqib, yigitlar ham eng yaxshi o'yinini ko'rsatishga harakat qilishdi. Ular barcha taktik ko'rsatmalarni amalga oshirishdi. Biroq jismoniy tarafdan ancha ishlashimiz lozim. O'ylaymanki, bu borada ham yaxshilanishga erishamiz". 

Husniddin Aliqulov: "Barchani bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Bugun murabbiylarning barcha ko'rsatmalarini bajargan holda g'alaba qozondik, deb o'ylayman".

Katanecga savol: "Kechagi matbuot anjumanida shogirdlarim taktik jihatdan ancha faol, deya takidladingiz. Qozog'iston terma jamoasini ham aqlli futbol namoyish etdi, deya takidlasa bo'ladimi?"

Srechko Katanec: "Raqib jamoa futbolchilarini baholamayman. O'z shogirdlarimning o'yinlariga baho berishim mumkin. Qozog'iston terma jamoasida bir-ikkita yaxshi vaziyat yuzaga keldi. Birinchi bo'limda ular amalga oshirgan jarima zarbasini yodga olish kifoya. O'sha vaziyatda omadimiz keldi. Osiyoning ko'pgina jamoalariga qarshi uchta markaziy himoyachi bilan harakat qilsangiz, ular qiyinchiliklarga duch keladi va jamoada fantaziya bo'lmaydi hamda imkoniyatlar yaratishda qiyinchiliklarga duch keladi. Bugungi bahsda ham shunga o'xshash holat guvohiga aylandik. Qozog'iston terma jamoasi hujumchisi uchrashuv boshida meni hayratda qoldirdi, chunki to'pni o'zida saqlash, sheriklariga pas berishda juda yaxshi harakatlandi. O'yin davomida zich o'ynagan holda raqib jamoa uchun bo'sh zonalar qoldirmadik. SHu sababli raqib jamoa deyarli vaziyatlar yarata olmadi va bo'sh zonalar yaratishda qiyinchiliklarga duch kelishdi. SHunga qaramay, Qozog'istonni xavfli jamoa deb ayta olaman".

Katanecga savol: "Bugungi uchrashuvda bazi futbolchilarda erkinlik bor edi. Ayniqsa, to'p bilan muomala qilishda ular yaxshi harakat qilishdi. Bu sizning ko'rsatmangizmi?

Srechko Katanec: "Futbolchilarga hujum chizig'ida doim erkinlik beramiz. Ular o'z mahoratini ishga solishi mumkin. Lekin himoyada barcha masuliyat bilan harakat qiladi. Himoyamiz Eldor SHomurodovdan boshlanadi, yani u hujumchi sifatida himoyamizni boshlab beradi. SHu bilan birga, qanot o'yinchilari ham doimo yordam berishadi. CHunki himoyalanayotganda raqib son jihatdan ustun bo'lmasligi lozim. 

Katanecga savol: Bugun Masharipov va Bozorov ushbu o'yinni o'tkazib yuborishi haqida xabar paydo bo'ldi. Bu asosiy tarkibni tanlashda tasir o'tkazdimi va chap qanotdagi passivlik shu bilan bog'liqmi?

Srechko Katanec: "Bugun futbolchilardan qoniqdim. Men doim mavjud futbolchilardan foydalanishga harakat qilaman. Albatta, ushbu futbolchilar safga qaytsa, tarkib yanada kuchayadi. Ayniqsa, Masharipov o'yinni ancha kuchaytiradi".

Katanecga savol: "SHomurodov maydonda haqiqiy darajasini ko'rsatdi. Biroq Rimdagi faoliyati yaxshi emas. SHunga qaramay, u sizning asosiy qurolingiz hisoblanadi. SHomurodovga klubdagi kelajagi borasida qandaydir maslahat bera olasizmi?"

Srechko Katanec: "Bu borada hech qanday tavsiya bermayman. Men terma jamoa murabbiyiman va o'z ishimni bajaraman. Avval takidlaganimdek, u professional o'yinchi. Bizning eng yaxshi futbolchilarimizdan biri sanaladi. Unga ham hozir 90 daqiqa o'ynash oson emas, chunki u etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Biroq mening rejalarim unga ham bog'liq. Agar u vaqtida gollar urmaganida, men allaqachon o'z o'yimda bo'lishim mumkin edi. SHomurodov boshqalarga namuna bo'ladigan futbolchi. O'ylaymanki, u doimiy ravishda o'ynaydigan jamoa topadi. Menga uning klubdagi faoliyati qiziq emas, sababi u terma jamoa safiga kelgach, gollar uryapti va o'z ishini bajaryapti".

Katanecga savol: "Sergeev va SHomurodov juftligidan ekspremint sifatida foydalanib ko'rmaysizmi?"

Srechko Katanec: "Ehtimol, bo'lishi mumkin. Ammo kelasi bahsda Rossiyaga qarshi to'qnash kelamiz. Bu boshqa darajadagi o'yin sanaladi. O'yinchilarni almashtirgan bilan nimadir o'zgarib qolmaydi. Ular bir-birini tushuna bilishi lozim. Jiddiy mashg'ulotlarsiz yangi o'yinchini kiritish qiyin. Biz 20 daqiqalik mashg'ulotdan so'ng Qozog'istonga qarshi maydonga tushdik. Etarlicha tayyorgarlik ko'rishga vaqtimiz bo'lmadi. Lekin chempionatda ko'proq o'yin amaliyotga ega bo'lgan hamda legionerlarni tarkibga kiritdik, ular esa nima qilishni yaxshi biladi. 20 daqiqalik mashg'ulotdan so'ng yangi o'yinchini tarkibga kiritsak, rejamiz ishlamaydi.  Futbolchilarning o'ziga ham qiyin bo'ladi. Futbolchilar ham charchagan, ularga rahmim keladi, lekin bu ishimning bir bo'lagi, buni to'g'ri qabul qilish kerak. Yangi o'yinchilarni boshqa poziciyaga qo'yishni xohlamayman. Xayolimda ko'p kombinaciyalarni o'ylayman. Bu haqda o'ylab ko'ramiz. Stadionda ko'proq muxlis bo'lishi kerak edi. Futbolchilar bundan ko'piga loyiq. Biz Germaniya yoki Braziliya darajasidagi futbol namoyish etolmasmiz, lekin har qanday holatda muxlislar futbolchilarni qo'llab-quvvatlashi kerak, hatto mag'lubiyatga uchragan taqdirda ham", dedi O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi.

Reyting: +94   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика