So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  6 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

Srechko Katanec: "Eron uzoq yillardan beri bir xil uslubda o'ynab keladi va xatolarni kechirmaydi" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Eron uzoq yillardan beri bir xil uslubda o'ynab keladi va xatolarni kechirmaydi"

JCH 2-saralash bosqichi "E" guruhi 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Eron uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi ustozi Srechko Katanec hamda jamoa etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov qatnashishdi. 

"Xayrli kun. Hech qanday yangilik yo'q. Ertaga juda muhim uchrashuv bizni kutib turibdi. Futbolchilar ertangi uchrashuvga tayyor", – dedi Katanec.


"Ertangi uchrashuvning ahamiyatini barcha his qilayotgan bo'lsa kerak. Juda muhim uchrashuv kutib turibdi. Biz Eron terma jamoasi bilan azaliy raqibmiz. Ertaga o'z o'yimizda Eronni mag'lub etishga harakat qilamiz", – dedi Masharipov. 



- Eron terma jamoasi so'ngi 5 ta uchrashuvda g'alaba qozondi. Termaning taxminan 15 nafar futbolchisi xorijda faoliyat yuritadi va bu ularning kuchli ekanligiga isbot. Eron terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?

- Eron terma jamoasini hurmat qilaman. Haqiqatan ham Eron terma jamoasi juda kuchli, ular Osiyoda eng kuchlilaridan biri. Futbolchilarga motivaciya berishim ham shart emas, ular barchasini tushunib turishibdi. Ertaga qarshi o'ynash har doim qiyin, lekin futbol uchrashuvi har doim 0:0 hisobidan boshlanadi. Ertangi uchrashuv futbolchilar uchun haqiqiy chaqiruv bo'ladi, biroq biz xotirjammiz, so'ngi uchrashuvlarda ko'p gollar uryapmiz. Eronga qarshi kechagidan bahsda biz aslida nimaga qodir ekanligimizni bilib olamiz.

- Turkmanistonga qarshi suniy maydonda kechgan uchrashuvdan so'ng futbolchilarda qanday muammolar kuzatildi? Suniy maydon bilan tabiiy maysada futbol o'ynash qanchalik katta farq qiladi?

- Hammasi yaxshi. Kichik muammolar bo'ldi, ammo biz ularni engib o'tdik. Tabiiy maydonda o'ynash juda katta farq qiladi. Avvalgi tajribamda suniy maydonlar bilan salbiy natijalar qayd etganman. Ertaga yaxshi maydonda futbol o'ynaymiz.



- CAFA turniri finalidagi Eronga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng terma jamoada nimalar o'zgardi?

- U o'rtoqlik uchrashuvi edi. Ertaga esa haqiqiy sinov bo'ladi.

- Turkmanistonga qarshi kechgan uchrashuvda terma jamoamiz birinchi bo'limdan so'ng mag'lub bo'layotgan edi. Tanaffusda futbolchilarga nimalar dedingizki, ular ikkinchi taymda irodali g'alabaga erishishdi? Avvalgi saralash bosqichlarida ham suniy maydonda o'ynab mag'lub bo'lganmiz va o'sha uchrashuvlarda bizga xarakater etishmagandi...

- Eron haqida gaplashaylik, iltimos. Turkmanistonga qarshi uchrashuv ortda qoldi. Men bu yigitlar bilan ikki yildan buyon ishlamoqdaman va ularni yaxshi bilaman. Hozirgi kunda tarkibimizda yosh va tajribali futbolchilar yig'ilgan. Ikkinchi bo'limda amalga oshirgan o'zgarishlarimiz g'alabaning asosiy omili bo'ldi.

- CAFA finalidagi Eron terma jamoasi hozirgi kunga kelib qanchalik o'zgargan deb o'ylaysiz?

- Ertangi uchrashuv umuman boshqa daraja. Bu saralash bosqich uchrashuvlari va umuman boshqa Eron terma jamoasini ko'ramiz. Eron juda tajribali va kuchli. Ular uzoq yillardan beri bir xil uslubda o'ynab kelishadi va xatolarni kechirishmaydi. Hujum chizig'i qanday kuchlili ekanligini o'zingizga malum. Ertaga qaysi jamoa kuchliroq bo'lsa, o'sha jamoa 3 ochkoga ega chiqadi.



- Otabek SHukurov ertangi uchrashuvda ham so'nggi bahsdagidek yorqin o'yin namoyish etishini kutasizmi?

- Men futbolchilarimdan hamma narsa kutaman. Otabek har doim yaxshi futbolchi bo'lgan. Terma jamoada kim gol ursa ham, bu yaxshi jihat. Yarim himoyachilarga har doim hujumga qo'shilishni tavsiya etaman.  

- Otabek SHukurovni hujumga yaqinroq poziciyada o'ynatish haqida o'ylab ko'rmadingizmi?

- Ertaga Eldorni zaxirada qoldirib, SHukurovni hujumga tushiraman (kuladi). Futbolda har narsa ro'y berishi mumkin.

- Terma jamoamiz avvalgi uchrashuvda xarakter namoyish etib, g'alabaga erishdi. Siz mashg'ulotlarda ham "Biz Eronni yuta olamiz", deb aytdingiz. Muhim uchrashuvlardan avval futbolchilarda o'ziga ishonch va bosimga dosh bera olishi juda muhim. Bizda bu avvallari juda katta muammo bo'lgan, hozirgi kunda esa ruhiyat va g'oliblik mentaliteti sezilib turibdi. Ushbu masalani qanday hal etdingiz?

- Ertaga buni bilib olamiz. Biz oddiy tayyorgarlik olib boryapmiz. Ko'p gapirishni istamayman. G'oliblik ruhi futbolchilarning klublardagi faoliyatiga ham bog'liq. Ular top-klublarda o'ynab, yaxshi natijalarga erishishsa, termaga foyda, chunki shunda ularning ruhiyati ham yaxshi holatda bo'ladi. Ertangi uchrashuv sinov bo'lishi aniq. 

To'g'risini aytsam, men yigitlarni kichik terma jamoalarga qarshi tayyorlashim og'irroq kechadi. Katta uchrashuvlarda esa futbolchilarga motivaciya berib o'tirishning hojati yo'q. Ertaga qanday natija qayd etilishidan qati nazar hech nima o'zgarmaydi. Biz asosiy maqsadimizga erishsak bo'lgani.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика