"Sporting"ning 9 nafar muxlisi futbolchilarga hujum qilgani uchun qamaldi
29 may 2020 13:57
Yangiliklar


"Sporting"ning 9 nafar muxlisi futbolchilarga hujum qilgani uchun qamaldi
Lissabon sudi 2018 yil may oyida "Sporting" klubi bazasida futbolchilarga hujum qilgani uchun muxlislarni jazoladi.
"Record" xabariga ko'ra, 9 nafar muxlisga 5 yillik qamoq jazosi tayinlangan bo'lsa, yana 29 nafari shartli muddat olishdi, yana 3 kishi katta miqdorda jarimaga tortildi.
Klub prezidenti Bruno de Karvalyu 2018 yilning 15 may kunida futbolchilarni keskin tanqid qilgani uchun muxlislar guruhi klub qarorgohiga bostirib kirib, mashg'ulot bazasida shug'ullanayotgan futbolchilar va murabbiylarga hujum qilishgan, shuningdek, kiyim almashtirish xonasiga ham zarar etkazishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar