"Sporting" "Inter" klubini 30 mln evroni to'lashdan bo'yin tovlaganlikda aybladi
14 iyu 2021 00:38
Yangiliklar
"Sporting" "Inter" klubini 30 mln evroni to'lashdan bo'yin tovlaganlikda aybladi
Gap shundaki, 2016 yilgi shartnomada, agarda, "Inter" klubi ushbu futbolchini boshqa portugal klubiga sotib yuboradigan bo'lsa, 30 million evro miqdoridagi pulni "Sporting" klubiga to'lashi lozim edi. Ammo, yaqindagina "Inter" klubi Joau Mariu bilan shartnomasini bekor qildi. Futbolchi esa "Benfika" klubiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.
"Sporting" klubi "Inter" futbolchini 2016 yil imzolangan shartnomadagi 30 million evrolik bandni aylanib o'tish uchun sotmagani va o'zaro kelishib olib, shartnomani bekor qilganlikda ayblamoqda.
"2016 yil Joau Mariuni "Inter"ga sotayotganimizda, shartnomaga agarda ushbu futbolchi boshqa portugal klubiga o'tadigan bo'lsa, "Inter" 30 million evro miqdorida tovon puli to'lashi haqidagi band kiritilgandi. Ular 5 yil oldingi shartnomadagi ushbu bandni aylanib o'tishga urinishdi va o'zaro shartnomani bekor qilishdi", -deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o'tamiz, Joau Mariu 2016 yilda "Sporting" safidan "Inter"ga transfer qilingandi. O'tgan yili esa u "Sporting"ga qaytib mavsumni ijarada o'tkazgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar