So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  8 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Sport TVdan ajoyib yangilik Yangiliklar

Sport TVdan ajoyib yangilik

Teglar :  Sport TVSuperliga
Sport telekanali futbol ishqibozlari uchun o'ziga hos ajoyib yangilikni elon qildi.

Bugungi kunda sport musobaqalari, ayniqsa futbol uchrashuvlari teletranslyaciyasida kichik detallarni ham ekranga sifatli holatda olib chiqish muhim sanaladi. Bunda super sekinlashtirilgan kadrlarni tasvirga olish imkoniyatiga ega telekameralardan foydalaniladi.

O'zMTRK AQSHning “Grass Valley, a Belden Brand” va Kanadaning “ROSS VIDEO” kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi teletexnalogiyalarni sport translyaciyalariga tatbiq qilishni rejalashtirmoqda. Superliga 2–turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvida shu jarayonning kichik ko'rinishi taqdim etilgan edi.

Bugun bo'lib o'tadigan OCHL 4-turidan o'rin olgan “Lokomotiv” - “Al Duhayl” o'rtasidagi bahs teletranslyaciyasida O'zMTRK “Sport” teleradiokanali va AQSHning “Grass Valley, a Belden Brand” kompaniyasi xodimlari hamkorlikda super sekinlashtirilgan kadrlarni tasvirga olish imkoniyatiga ega telekameralardan foydalanishadi.


"Endilikda futbol muxlislari nafaqat uchrashuv jarayonini, qo'shimchasiga futbolchilar va murabbiylarning ehtirosga to'la nigohlari, harakatlarini super sekinlashtirilgan kadrlarda tomosha qilishlari mumkin bo'ladi. “Sport” TV futbolning bor jozibasini muxlislarga etkazishni maqsad qilgan!", - deyiladi telekanal xodimlari bizga bergan malumotda.

Reyting: +294   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика