So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  0 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  4 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Sport bor joyda salomatlik bo'ladi Yangiliklar

Sport bor joyda salomatlik bo'ladi

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama barkamol insonlar etib voyaga etkazishning asosiy vositalaridan biri bo'lgan sportni ommalashtirish, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida etibor samarasida chekka tuman va qishloqlarda ham zamonaviy sport majmualari ko'payib bormoqda.
Qashqadaryo viloyatida 2003-2013 yillarda Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan 154 zamonaviy sport inshooti barpo etildi va kapital tamirlandi. 142 sport obektining chekka tumanlarda qad rostlagani qishloq joylarda yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning salomatligini mustahkamlashda muhim omil bo'lmoqda.

– Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish, yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning o'z iqtidori va salohiyatini to'la namoyon etishi uchun shart-sharoit yaratishga alohida etibor qaratilmoqda, – deydi Kitob tumanidagi 2-bolalar va o'smirlar sport maktabi direktori Hamza Mirzaev. – Ushbu zamonaviy va muhtasham sport majmuasi ham ana shunday g'amxo'rlik samarasidir. 1 milliard 480 million so'mdan ziyod mablag' evaziga barpo etilgan maktabda 588 nafar bola 6 sport turi bilan muntazam shug'ullanayotir. Farzandlari uchun yaratilgan bunday sharoit va imkoniyatlardan ota-onalar ham mamnun.

Viloyatda sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, xotin-qizlar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar samarasida ayniqsa, badiiy gimnastika va sport gimnastikasi ommalashib, joylarda ko'plab to'garaklar faoliyati yo'lga qo'yilayotir.

– Qizim bir yildan buyon tumandagi 1-bolalar va o'smirlar sport maktabida tashkil etilgan badiiy gimnastika to'garagiga qatnaydi, – deydi kitoblik Dildora Sanaeva. – Endigina 5 yoshga to'lgan bo'lsa-da, o'zini katta sportchilardek tutadi. Eng muhimi, sog'lom. CHekka tumanlarda ham bunday zamonaviy sharoitlar yaratilayotgani farzandlarimiz sog'lig'i uchun juda zarur.

– Obod turmush yilida qurib foydalanishga topshirilgan 10 sport inshooti umumiy qiymati 385 million 500 ming so'mlik sport jihozlari bilan taminlandi, – deydi Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi Qashqadaryo viloyati filiali direktori Siroj Azizov. – Umumtalim maktablari, bolalar va o'smirlar sport maktablariga 1 milliard 214 million so'mlik sport jihozlari berildi. Davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda Sog'lom bola yili, deb elon qilingan 2014 yilda ham bunday ezgu ishlar izchil davom ettiriladi. Xususan, 11 maktabning sport zali, 4 bolalar musiqa va sanat maktabi, 2 bolalar va o'smirlar sport maktabi qurilishi rejalashtirilgan.Yangiliklar matni
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика