"Spartak"dagilar Oston O'runovning rasmiy saytdagi profili yo'q bo'lib qolgani haqida ma'lumot berdi

Mirjalol Normatov
11 iyul 2021, 12:55
"Spartak" aloqalarni rivojlantirish bo'limi direktori Anton Fetisov klub rasmiy saytida Oston O'runovning profili yo'q bo'lib qolgani haqida gapirdi.

"Oddiy xato. Ostonning profili saytga qaytariladi. Shunchaki klub yuz yillik yubileyga yangi sistemaga ko'chib o'tishni rejalashtirgan va bunday xatolar yana bo'lib turishi mumkin", - deydi Fetisov.

Futbolchi 2020 yil yozida "Ufa"dan sotib olingandi. Uning klub bilan kelishuvi 2025 yil yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru