"Spartak" yarim himoyachisi faoliyatini Qatar klubida davom ettirishga yaqin
22 iyu 2019 12:51
Yangiliklar


"Spartak" yarim himoyachisi faoliyatini Qatar klubida davom ettirishga yaqin
Moskvaning "Spartak" klubi yarim himoyachisi Sofian Xanni Qatar klublaridan biriga o'tishga yaqin.
28 yoshli futbolchi yangi klubida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Doxaga tashrif buyurdi. Hozircha bu klubning nomi malum emas.
Xanni faoliyatini "Nant"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Spartak"ga qadar "Kayseri Erdjiesspor", "Osmanlispor", "Mexelen" va "Anderlext" kabi klublarda o'ynagan.
Yarim himoyachi 2016 yildan buyon Jazoir terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Futbolchi 2016/2017 yilda Belgiya chempioniga aylangan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar