“Spartak” ustozi A Seriya jamoasini boshqarishi mumkin
19 may 2021 20:00
Yangiliklar
“Spartak” ustozi A Seriya jamoasini boshqarishi mumkin
Domeniko Tedesko “Fiorentina” ustoziga aylanish ehtimoli bor.
Fiorentinanews manbasiga ko'ra, 35 yoshli mutaxassis “Fiorentina”ni boshqarish uchun nomzodlar qatoridan joy olgan. U bilan birga jamoa murabbiylik kursisini egallashga Rudi Garsiya va Abel Ferreyra ham davogarlik qilmoqda.
Tedesko 2019 yil “Spartak” ustoziga aylangan. U 2020/21 yilgi mavsum tugagacha moskvaliklarni tark etdi. Jamoa uning boshqaruvida RPLda 2-bo'ldi va ECHL saralashiga yo'llanma oldi.
Fikrlar