So’nggi yangiliklar

16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  1 15:59Халқаро турнир. Хитой U-16 — Ўзбекистон U-16 ўйини учун таркиблар маълум  0 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0 13:45Калверт-Льюин Манчестер клубига ўтиши мумкин  1 13:05Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда  6 12:45ОКМК "Машъал"ни кичик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:23Opta: Клублар ўртасидаги ЖЧда ПСЖ фаворит ҳисобланмоқда  17 11:48Факт: "Динамо" Самарқандда 17 йилдан буён "Насаф"ни юта олмаяпти  3 11:22Балотелли Шимолий Америкага йўл олиши мумкин  0 10:45"Жар"даги жанг: Саҳна тайёр, роллар тақсимланган, навбат спектаклга   35 10:17Алонсо ПСЖга қарши учрашув ҳақида фикр билдирди  24 09:45"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади  3 09:08"Навбаҳор"нинг собиқ легионери фаолиятини "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 08:34Мусиала қанча муддатга сафдан чиққани маълум  8

O'rtoqlik uchrashuvi. "Paxtakor" "Spartak"ka yirik hisobda mag'lub bo'ldi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. "Paxtakor" "Spartak"ka yirik hisobda mag'lub bo'ldi

Teglar :  PaxtakorSpartak
"Spartak" - "Paxtakor" o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'rtoqlik uchrashuvi
"Spartak" - "Paxtakor" 4:0
"Otkritie Arena", Moskva

Hakamlar: Aleksey Eskov, Dmitriy Mosyakin, Dmitriy Safyan, Aleksey Ermilov.

Gollar: Aleksandr Sobolev 22, - 1:0. Ezekil Ponse 27, - 2:0. Jordan Larsson 83, - 3:0. Gus Til 86, - 4:0.

"Spartak": 98.Aleksandr Maksimenko, 92.Nikolay Rasskazov (38.Andrey Eshenko, 75), 6.Lukas Ayrton (25.Lorenso Melgarexo, 82), 14.Georgiy Jikiya, 2.Samuel Jigo, 77.Aleksandr Sobolev (23.Jordan Larsson, 58), 29.Ilya Kutepov, 10.Zelimxan Bakaev (8.Gus Til, 75), 19.Ezekil Ponse (9.Reziuan Mirzov, 82), 47.Roman Zobnin (7.Ayaz Guliev, 82), 33.Aleks Kral.
Zaxira: 32.Artyom Rebrov, 74.Dmitriy Markitesov, 39.Pavel Maslov, 56.Ilya Gaponov.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov (5.Alisher Salimov, 67), 23.SHerzod Azamov, 5.Anzur Ismoilov, 34.Farrux Sayfiev, 20.Odil Hamrobekov (29.Vladimir Kozak, 46), 27.Sardor Sobirxo'jaev (14.Humoyunmirzo Iminov, 40), 17.Dostonbek Hamdamov (8.Asad Sobirjonov, 63), 10.Dragan CHeran (19.SHohrux Mahmudhojiev, 78), 9.Jaloliddin Masharipov (S), 77.Eren Derdiyok.
Zaxira: 50.Umid Hamroev, 28.Diyor Xolmatov.

Ogohlantirishlar: Sardor Sobirxo'jaev 30, Jaloliddin Masharipov 39, Samyuel Jigo 67.



MATNLI TRANSLYACIYA 

YANGILASH



90+2. O'yin tugadi "Spartak" "Paxtakor"ni 4:0 hisobida mag'lub etdi

90. Uchrashuvga 2 daqiqa qo'shib berildi

86. GOL! 4:0. Gus Til jarima maydoni yonidan kuchli zarba bilan darvozani aniq nishonga oldi.

83. GOL! 3:0. Jordan Larsson himoyadagi qo'pol xatodan so'ng jarima maydoni ichidan gol urdi.

82. O'zgarishlar. "Spartak". Ezekil Ponse o'rniga Reziuan Mirzov, Roman Zobnin o'rniga Ayaz Guliev, Lukas Ayrton o'rniga Lorenso Melgarexo

78. UXXXXXXXX! Maksimenko hozir to'pni tepishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, ammo Derdiyok bu vaziyatda gol ura olmadi

78. O'zgarish. "Paxtakor". Dragan CHeran o'rniga SHohrux Mahmudhojiev tushdi

76. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan Zobnin tepgan to'pni Quvvatov ushlab oldi

75. O'zgarish. "Spartak". Nikolay Rasskazov o'rniga Andrey Eshenko tushdi, Zelimxan Bakaev o'rniga Gus Til tushdi

73. UXXXXXXXXXXXXX! Zaxiradan maydonga tushgan Jordan Larssonning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi

71. ZARBAAAAAAAA! Kozakning kuchli zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'ldi

70. ZARBA! Derdiyokning to'p uzatishidan so'ng Iminov to'pni qaytardi

68. Masharipov hozir chap qanotdan oldinga o'tdi, Rasskazov to'pga ulgurmadi, ammo Kutepov Jalolni to'xtatdi

67. O'zgarish. "Paxtakor". Hojiakbar Alijonov o'rniga Alisher Salimov tushdi


67. Ogohlantirish. "Spartak". Jigo

63. O'zgarish. "Paxtakor". Dostonbek Hamdamov o'rniga Asad Sobirjonov tushdi

61. Burchak to'pidan so'ng "Paxtakor" gol urishi mumkin edi, ammo Iminovning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi

60. ZARBAAAAAAAAAAAAA! CHeranning ajoyib zarbasini Maksimenko qaytardi, ajoyib udar, ajoyib seyv

58. O'zgarish. "Spartak". Aleksandr Sobolev o'rniga Jordan Larsson tushdi

58. ZARBA! Iminovning 25 metrlardan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi

56. Xavfli vaziyat! Bakaev birga bir vaziyatdan foydalana olmadi

52. Ikkinchi taym boshida ikkala jamoa ham faol o'ynamoqda

46. Ikkinchi taym boshlandi

O'zgarish. "Paxtakor". Odil Hamrobekov o'rniga Vladimir Kozak tushdi

45. Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob 2:0

40. O'zgarish. "Paxtakor". Sardor Sobirxo'jaev o'rniga Humoyunmirzo Iminov tushdi

39. Ogohlantirish. "Paxtakor". Jaloliddin Masharipov

39. "Paxtakor"da Iminov tushishga tayyorlanmoqda, Sobirxo'jaev o'rniga bo'lsa kerak

38. UXXXX! Ayrton chap tomondan to'pni darvoza tomon yo'lladi, Sobolev to'pni darvozaga to'g'rilashda xatoga yo'l qo'ydi.

36. Gollardan so'ng "Spartak" ustunlikka erishmoqda, hujumlar ham xavfli ko'rinish olmoqda

30. Zelimxan Bakaev katta tezlikda oldinga o'tdi va Sobirxo'jaev uni qo'pollik bilan to'xtatdi. Sardorga sariq kartochka ko'rsatildi

27. GOL! 2:0. Ezekil Ponse havodan uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi. 

26. Xavfli hujum, chap qanotdan Aleks Kral to'pni jarima maydoniga uzatdi, SHerzod Azamov to'pni qaytardi

24. Afsuski "Spartak"ning ikkinchi golga tortadigan vaziyati gol bilan tugadi 

22. GOL! 1:0. Burchakdan uzatilgan to'pni Aleksandr Sobolev boshi bilan darvozaga yo'lladi. 


21. UXXXX! Ayrton chap qanotdan oldinga o'tdi, Sayfiev sheriklarining xatosini yuvdi va to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi 

18. ZARBAAAAAAAAA! Sobolevning to'p uzatishidan keyin Zobnin kuchli va aniq zarba berdi, Sanjar Quvvatovdan ajoyib seyv 

O'YINNI TOMOSHA QILISH UCHUN HAVOLA

16. Alijonov to'pni olib qo'yish vaqtida Ayrton bilan to'qnashib ketdi.

15. "Paxtakor" "Spartak"ni qiynamoqda. Hozir ajoyib hujum tashkil etildi, Masharipovning uzatgan to'pini Derdiyok eta olmadi, darvozaga kirib ketayotgan to'pni Maksimenko qiyinchilik bilan qaytardi!

14. UXXX! Xavfli vaziyat! Odil Hamrobekovning ajoyib pasidan keyin Hamdamov birga bir vaziyatga chiqib bordi, ammo zarba berishda xatoga yo'l qo'ydi, aks holda hisob ochilardi 

13. Stadiondagi muhit ajoyib. Oddiy o'rtoqlik uchrashuvi bo'lsa ham muxlislar har bir harakatni ehtiros bilan qabul qilishmoqda

12. O'yin tenglashdi. "Paxtakor" Moskvani aylanish uchun kelmaganini ko'rsatmoqda

"Spartak" - "Paxtakor" uchrashuviga O'zbekiston MTJ futbolchisi o'yinini kuzatish uchun "Lokomotiv" Moskva rahbariyati keldi        

8. UXXX! "Spartak" himoyasidagi xatodan so'ng Dragan CHeran jarima maydoni yonidan zarba berdi, chap oyoqdan yo'llagan zarba biroz noaniq chiqdi! 

6. "Paxtakor"ning dastlabki xavfli hujumi, jarima to'pini Masharipov amalga oshirdi, himoyachilarni to'pni qaytarishdi

2. Ilk daqiqalardan "Spartak" hujumda tashabbusga erishmoqda.

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A "PAXTAKOR"! 

- Etiborlisi stadion suhandoni "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi SHota Arveladzeni tug'ilgan kuni bilan tabriklab o'tdi.

- Bugungi o'yinga "Spartak" klubi chiptalar sotuvini amalga oshirmadi va faqat yillik abonementlari egalari stadionga kelishdi. SHu bois faqat bitta tribunaga muxlislar tashrif buyurishgan.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. "Spartak" - "Paxtakor" uchrashuvi boshlanmoqda. Biz ayni paytda "Otkritie Arena" stadionida bo'lib turibmiz.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Reyting: -57   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика