“Spartak” o'z tarixida ilk bor Rossiya superkubogini qo'lga kiritdi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2017, 02:33
Rossiya superkubogi uchun kechgan bahsda Moskva “Spartak”chilari hamshaharlari “Lokomotiv” jamoasini mag'lub etishdi.

“Qizil-oq”lar ilk marta ushbu sovrinni o'z muzeylariga olib ketadigan bo'lishdi.

Ilgari “Spartak” uch marta Superkubok bahsida SSKA (2004,2006,2007)ga imkoniyatni boy bergandi.

“Spartak” ustozi Massimo Karrera esa jamoasi bilan ushbu mavsumda ikkinchi sovrinni qo'lga kiritdi. Ilgariroq 53 yoshli italiyalik mutaxassis “Spartak”ni Rossiya chempionligi shohsupasiga etaklagan edi.

Eslatib o'tamiz, Karrera 2016 yildan buyon “Spartak”ni boshqarib kelmoqda.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru