"Spartak" "Lester"da o'ynayotgan Portugaliya terma jamoasi xavbekiga qiziqmoqda
04 avg 2020 13:13
Yangiliklar
"Spartak" "Lester"da o'ynayotgan Portugaliya terma jamoasi xavbekiga qiziqmoqda
"Lester" yarim himoyachisi Adrien Silva faoliyatini Rossiyada davom ettirshi mumkin.
31 yoshli portugaliyalik futbolchiga "Spartak" klubi qiziqish bildirmoqda. Silvaning "Lester" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, shu sabab o'yinchiga ko'p pul to'lanmaydi.
Ammo, manbaning xabariga ko'ra, bitim amalga oshmasligi ham mumkin, sababi "Spartak" xavbek bo'yicha skautlardan negativ hisobot oldi.
Silva so'nggi ikki mavsumni ijara asosida "Monako"da o'tkazdi. Portugaliya terma jamoasi futbolchisi joriy mavsum klub miqyosida 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar