"Spartak-2008" Qozog'istondagi musobaqada g'olib chiqdi!

Narzulla Saydullayev
8 noya 2017, 13:55
29 oktyabrdan 3 noyabrga qadar Qozog'istonning Olma Ota shahrida hokim kubogi musobaqa bo'lib o'tdi.

Toshkentning "Spartak" klubining 2008 yilda tug'ilgan futbolchilaridan iborat jamoasi 2007 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqada 1-o'rinni egalladi.

"Spartak-2008" guruhda "Miras" (Olma ota), BO'SM (Bishkek) va "Enbek" (Olma ota) bilan kurashdi.

"Miras" - "Spartak" 0:1
Gol:
Rahimov Donier

"Spartak" - "BO'SM" 2:0
Gollar
: Xojimurodov Abdulvoris, Rahimov Doniyor

"Enbek" - "Spartak" 2-1
Gol
: Rahimov Doniyor

Guruhdagi vaziyat:
"Enbek" 9 ochko
"Spartak" 6 ochko
BO'SM 3 ochko
"Miras" 0 ochko

Yarim final
"Spartak" - "STS" (Astana) 3:0
Golla
r: Akbarov Ibrohim, Xojimurodov Abdulvoris va Rahimov Doniyor

Final
"Enbek" (Olma ota) - "Spartak" (Toshkent) 0:0
penaltilar seriyasi - 2-3


"Spartak"ning uch nafar futbolchisi musobaqada eng yaxshi deb topildi:

musobaqaning eng foydali futbolchisi - Samandar Sobirjonov
musobaqaning eng yaxshi hujumchisi - Abdulvoris Xojimurodov
musobaqa to'purari - Doniyor Rahimov


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia