Spalletti Osimxenning jarohati haqida nimalar dedi?
18 fev 2023 13:09
Yangiliklar


Spalletti Osimxenning jarohati haqida nimalar dedi?
"Napoli" bosh murabbiyi Luchano Spalletti hujumchi Viktor Osimxenning jarohati haqida gapirdi.
Nigeriyalik futbolchi A Seriyaning 23-turidan o'rin olgan "Sassuolo"ga (2:0) qarshi o'yinning 83-daqiqasida jarohat oldi. Osimxen o'ng oyog'idan lat edi. Neapolliklar bosh murabbiyi uni almashtirishga qaror qildi.
"Jiddiy narsaga o'xshamadi, biroz charchagan, chunki u o'zini ayamaydi. U nimanidir istasa, katta tezligini ishga soladi.
U o'zining harakat qilishda qiynalayotganini aytadi, keyin katta tezlikda ikki metrga yuguradi, keyin bu ikki metr 100 metrga aylanadi, chunki u hammaga pressing qo'llaydi", – dedi Spalletti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar