"Sosedad" Edegor bilan xayrlashdi, u Madridga qaytadi
12 avg 2020 23:31
Yangiliklar
"Sosedad" Edegor bilan xayrlashdi, u Madridga qaytadi
Ijara asosida "Reala Sosedad"da to'p tepayotgan Martin Edegor muddatidan oldin "qirollik klubi"ga qaytadi. Norvegiyalik futbolchi keyingi mavsumni "Real"da o'tkazadi.
San-Sebastyanliklar jamoasi matbuot xizmati bugun 21 yoshli yarim himoyachi bilan xayrlashdi.
Eslatib o'tamiz, Edegor "Real" safiga 2015 yilda Norvegiyaning "Stryomsgodset" klubidan kelib qo'shilgan edi. 2017 yildan beri u ijara asosida "Xerenven", "Vitess" va "Sosedad"da to'p tepdi.
Fikrlar