So’nggi yangiliklar

20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  1 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  3 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6

So'nggi qahramonlar. ECHL finalida "Milan"ni mag'lub etgan "Liverpul" hozir qaerda? Yangiliklar

So'nggi qahramonlar. ECHL finalida "Milan"ni mag'lub etgan "Liverpul" hozir qaerda?

2004/2005 yilgi mavsumda Istambulda bo'lib o'tgan CHempionlar ligasi finali yodingizdami?


Mersisayd jamoasi o'shanda 0:3 hisobida mag'lub bo'layotib, g'alabani o'z tomoniga og'dira olgandi. Keling, bugun o'sha sovrin qo'lga kiritilishida asosiy ishni bajargan azamatlar nima bilan mashg'ul ekanliklariga qiziqib ko'ramiz.


Darvozabon

Eji Dudek

Yoshi: 43

Bugungi kunda: Krakovda istiqomat qilmoqda. Polsha futbolining Evropadagi elchisi


Himoyachilar

Sami Xyupya

Yoshi: 43

Bugungi kunda: May oyigacha "Cyurix" jamoasida bosh murabbiy vazifasida ishlagandi. Muvaffaqiyatsiz natijalardan so'ng istefoga chiqarilgan.


Jimi Traore

Yoshi: 36

Bugungi kunda: "Sietl Saunders" jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishlamoqda


Jeymi Karrager

Yoshi: 38

Bugungi kunda: Sky Sports telekanali eksperti


Yon Arne Riise

Yoshi: 36

Bugungi kunda: Hindistonning "CHennay" jamoasi futbolchisi


Stiv Finnan

Yoshi: 40

Bugungi kunda: Londonda ko'chmas mulk savdosi bilan shug'ullanmoqda


Yarim himoyachilar

Xabi Alonso

Yoshi: 34

Bugungi kunda: Germaniyaning "Bavariya" jamoasi futbolchisi


Ditmar Xamman

Yoshi: 43

Bugungi kunda: Murabbiy bo'lishni istagan sobiq futbolchi ayni paytda TVda ekspert sifatida faoliyat olib bormoqda


Stiven Jerrard

Yoshi: 36

Bugungi kunda: Yaqindagina MLS klubidagi faoliyatini yakunladi. Tez kunlarda "Liverpul"da ish boshlashi mumkin


Garri Kyuel

Yoshi: 38

Bugungi kunda: "Uotford" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi


Luis Garsiya

Yoshi: 38

Bugungi kunda: 2016 yilning iyulida Avstraliya jamoalaridan birida faoliyatini yakunladi


Hujumchilar

Milan Barosh

Yoshi: 35

Bugungi kunda: Ayni paytda CHexiyaning "Slovan" jamoasi futbolchisi hisoblanadi


Jibril Sisse

Yoshi: 35

Bugungi kunda: Kino sohasida o'z omadini sinab ko'rmoqda


Bosh murabbiy

Rafael Benites

Yoshi: 56

Bugungi kunda: Angliyada CHempionshipning "Nyukasl" jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda

sports.ru sayti asosida tayyorlandi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика