So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  4 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  103 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  849 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

So'nggi qahramonlar. Afsonaviy "Milan" hozir qaerda? Yangiliklar

So'nggi qahramonlar. Afsonaviy "Milan" hozir qaerda?

Bundan taxminan 10 yillar oldingi "Milan"ning tarkibi yodingizdami? Qanday jamoa ediya...

Klub A Seriya chempionligini qo'lga kiritganiga 6 yil, ECHL g'olibiga aylanganiga esa 9 yil vaqt o'tibdi. Keling, o'sha 9 yil oldin CHempionlar ligasini boshi uzra baland ko'targan "Milan"ning asosiy yulduz futbolchilari bugungi kunda nimalar bilan band ekanliklariga qiziqib ko'ramiz.

Boshladik!


Darvozabon


Dida (Braziliya)

Yoshi: 43

ECHLdagi o'yinlari: 11



Bugungi kunda u Xitoyning "SHenchjen" klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida Klarens Zeedorfga yordam bermoqda.



Himoyachilar

Kafu (Braziliya)

Yoshi:
46

ECHLdagi o'yinlari: 6



CHempionlar ligasida g'olib bo'lganidan so'ng, oradan ikki yil o'tib faoliyatini yakunlagan. Orada Braziliya va Italiyadagi sport tadbirlarida ko'rinish berib turdi. Bugungi kunda "SKY" telekanali ekspertlaridan biri hisoblanadi.



Paolo Maldini (Italiya)

Yoshi:
48

ECHLdagi o'yinlari: 9



2009 yilda futbol bilan xayrlashgan. A Seriyada o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi (647). "Milan" safida 902 ta o'yinda maydonga tushgan. 2015 yilda AQSHning "Mayami" klubi egasiga aylangan. Jamoa bugungi kunda MLS yo'llanmasini qo'lga kiritishga astoydil bel bog'lagan.



Kaxaber Kaladze (Gruziya)

Yoshi:
38

ECHLdagi o'yinlari: 7



2010 yilda A Seriya chempioniga aylanganidan so'ng "Jenoa" safiga borib qo'shilgandi. Keyinchalik tuppa-tuzuk siyosatchiga aylandi-qoldi! 2012 yilda Gruziyaning energetika va tabiiy resurslar vaziri etib tayinlandi.



Alessandro Nesta (Italiya)

Yoshi:
40

ECHLdagi o'yinlari: 8



2012 yilda "Milan"dan ketganidan so'ng, avvaliga Kanadada, keyin Hindistonda o'ynadi. Bugungi kunda do'sti Maldinining "Mayami" klubida bosh murabbiy sifatida ishlamoqda.



Marek Yankulovski (CHexiya)

Yoshi:
39

ECHLdagi o'yinlari: 13



Milanliklar safini 2011 yilda tark etgan. Keyinchalik o'z vatanida - "Banik" jamoasida o'ynab, faoliyatini o'sha erda yakunlagan. Bugun ora-orada Italiya TVsida ko'rinib qoladi.



Yarim himoyachilar

Jenaro Gattuzo (Italiya)

Yoshi:
38

ECHLdagi o'yinlari: 11



"Milan"dan so'ng SHveycariyaning "Son" jamoasida o'ynovchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. Keyinroq, "Palermo"da murabbiy sifatida ishlagan. Bugungi kunda esa "Piza"ni A Seriyaga olib chiqishga vada bergan murabbiy hisoblanadi.


Klarens Zeedorf (Gollandiya)

Yoshi:
40

ECHLdagi o'yinlari (gol): 12 (2)



Milanliklar safida 300 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. 2012 yilda esa 2 yilga Braziliyaning "Botafago" jamoasiga jo'nab ketadi. 2014 yilda esa jonajon jamoasiga bosh murabbiy sifatida qaytadi. Keyin esa istefo... Bugungi kunda Xitoyning "SHenchjen" jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlamoqda.



Yoann Gurkyuff (Franciya)

Yoshi:
30

ECHLdagi o'yinlari: 8 (1)



Gurkyuff 19 yoshidayoq ECHL sovrinini boshi uzra baland ko'targan. Afsuski, o'shanda u faoliyatidagi eng yirik sovrinini qo'lga kiritib bo'lgan ekan. 2008 yilda "Milan"dan ketib, "Bordo" safiga borib qo'shiladi. Bugungi kunda esa otasi bosh murabbiylik qilayotgan "Renn" futbolchisi hisoblanadi.


Andrea Pirlo (Italiya)

Yoshi
: 37

ECHLdagi o'yinlari: 12 (1)



2011 yilda "Milan"dan ketganidan so'ng "Yuventus" safiga borib qo'shiladi. 2015 yilda "Yuve" bilan birgalikda ECHL finali boy beriladi va u AQSHga jo'nab ketadi. "Nyu-York Siti" futbolchisi bugungi kunda futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda.


Massimo Ambrozini (Italiya)

Yoshi:
39

ECHLdagi o'yinlari: 10



2013 yilda "Fiorentina" futbolchisiga aylangan. Bugungi kunda televideniyada ekspert sifatida ishlayotgan Massimo murabbiy sifatida o'zini sinab ko'rishni istamoqda.



Kaka (Braziliya)

Yoshi:
34

ECHLdagi o'yinlari: 13 (10)



Bir necha marotaba dunyoning eng kuchli futbolchilari uchligiga kiritilgan futbolchi "Milan"ni ko'zda yosh bilan tark etgandi. Madridda esa uni ketma-ket jarohatlar va Mourino bilan tushunmovchiliklar kutayotgandi. 2013 yilda yana "Milan"ga qaytib keladi. Afsuski, ushbu qaytish futbolchiga omad keltirgani yo'q. Bugungi kunda MLSning "Orlando Siti" jamoasi futbolchisi va liganing eng ko'p maosh oluvchi o'yinchisi hisoblanadi. U terma jamoasi bilan Rossiyada bo'lib o'tadigan JCH-2018 ga borishni orzu qilmoqda.


Hujumchilar

Filippo Inzagi (Italiya)

Yoshi:
43

ECHLdagi o'yinlari: 10 (4)



2012 yilgacha "Milan"da o'ynagan Pippo Osiyo yoki AQSHga borib o'tirmadi va faoliyatini yakunlab qo'yaqoldi. Orada "Milan" bosh murabbiyi sifatida ham ishladi. Bugungi kunda "Veneciya" jamoasi ustozi hisoblanadi.


Alberto Jilardino (Italiya)

Yoshi:
34

ECHLdagi o'yinlari: 9 (2)



"Milan"dagi "oltin davr"dan so'ng terma jamoasi safida jahon chempioniga aylanadi. 8 yil ichida 7 marta jamoasini o'zgartirgan. Orada Xitoy tomonlarni aylanib kelishga ham ulgurgan futbolchi bugungi kunda "Empoli" jamoasining asosiy yulduzi sanaladi.


Bosh murabbiy

Karlo Anchelotti (Italiya)

Yoshi:
57



Karlo ota Italiyadan so'ng Angliya, Franciya va Ispaniya chempionatlarida ketma-ket turli sovrinlarni qo'lga kiritdi. Bugungi kunda esa Germaniyaning "Bavariya" jamoasi bosh murabbiyi ekanligidan barchaning xabari bor.


sports.ru sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика