So'nggi mavsum "Paxtakor" sharafini himoya qilgan legioner "Neftchi" mashg'ulotida ko'rinish berdi
07 jan 2023 23:35
Yangiliklar
So'nggi mavsum "Paxtakor" sharafini himoya qilgan legioner "Neftchi" mashg'ulotida ko'rinish berdi
Farg'onaning "Neftchi" klubi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
So'nggi mavsumning birinchi qismini "Paxtakor"da o'tkazib, yozda "sherlar"ni tark etgan chernogoriyalik Oliver SHarkich "Neftchi" mashg'ulotlarida ko'rinish berdi.
Bu surat "Neftchi"ning rasmiy kanaliga yuklangan. CHernogoriyalik futbolchi farg'onaliklar bilan shartnoma tuzgani yoki u ko'rikda ekanligi hozircha malum emas, "Neftchi" hozircha rasmiy bayonot bergani yo'q.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli forvard "Paxtakor" safida Superligada 9ta o'yinda 3ta gol urdi va bitta pas bergan. OCHLda esa 3ta bahsda bitta gol urgan edi.
O’xshash yangiliklar
18:31
Jamshid Boltaboev chindan ham "Neftchi" bilan kelishib oldimi? Futbolchining o'zi javob berdi 10
11:22
Stepan Atoyan: "O'zbek futbolida infratuzilma jihatidan katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda" 11
Fikrlar