So'nggi hisob-kitoblar - A Seriya 37-tur prevyusi
26 may 2023 13:45
Yangiliklar
So'nggi hisob-kitoblar - A Seriya 37-tur prevyusi
"Fiorentina" - "Roma"
Fiorentina Luka Jovic - 85', Jonathan Ikone - 88' |
Serie A . 37-tur 27/05/2023, 22:00 1
:
2
Tugadi
|
Roma Stephan El Shaarawy - 11' |
Stadion: Artemio Franchi, Firenze, 32829 tomoshabin
Bosh hakam: Giovanni Ayroldi
Evrokuboklar finalchilarining ichki chempionatdagi to'qnashuvi qanday o'tadi? Italiya Kubogida finalidagi "Inter"dan uchralgan mag'lubiyat jamoaning qolgan uchrashuvrlarga motivaciyasi qolmaganini ko'rsatib berdi. CHunki oldinda Konferenciyalar Ligasi finali. SHunday ekan Italyano asosiy tarkibda qator o'zgarishlarni amalga oshiradi. Brekalo va Yovichni asosiy tarkibda kutishimiz mumkin.
"Roma" haqida gapirarkanmiz, etakchilar qanday holatdaligini aniq aytish qiyin. Katta ehtimol bilan Dibala, Spinnacola va Veynaldumni "Sevilya"ga qarshi uchrashuvga asraydi Mourino. CHempionat uchrashuvida esa asosiy tarkibda Solbaken va Kamarani ko'rsak ajab emas.
"Roma" birinchi davrada Rimja 2-0 hisobida zafar quchgandi. Bu bellashuvda esa "fialkalar"ning imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda. Bizning nazarimizda esa mavsumning asosiy o'yinlarini endi o'tkazadigan jamoalar kuchlarini tejab, himoyaga ko'proq etibor qaratishadi. Balki bu uchrashuv o'ta passiv va gollarsiz o'tishi ham mumkin.
"Speciya" - "Torino"
Spezia |
Serie A . 37-tur 27/05/2023, 19:00 4
:
0
Tugadi
|
Torino Przemyslaw Wisniewski - 24', Samuele Ricci - 72', Ivan Ilic - 76', Yann Karamoh - 90' |
Stadion: Stadio Alberto Picco, 11676 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Guida
"Speciya"da tarkib bilan muammolar mavjud. Xolm, Bek, Jovko, Maldinii va Sala hamon jarohatlanganlar ro'yxatida. Bastonining uchrashuvda ishtirok etishi so'roq ostida. Yaxshi yangiliklardan Aduning diskvalifikaciyani o'tab, safga qaytganini aytish mumkin. Hujumda Semplichi Nzola-SHomurdov duetidan foydalanadi.
"Torino" safida deyarli hamma sog', Radonichningina o'yindagi ishtirok so'roq ostida qolmoqda. Aleksey Miranchuk esa katta ehtimol asosiy tarkibga qaytadi va Vlashich bilan birgalikda Sanabriyaga ko'maklashadi.
Birinchi davrada "Speciya" 1-0 hisobida ustun kelgan, hozir ham ushbu juftlikda mezbonlar favorit sifatida ko'rilmoqda. "Torino" uchun mavsum yakunlandi, desak, mubolag'a bo'lmaydi. "Speciya" esa A Seriyada jon saqlab qolish uchun astoydil kurashmoqda. Leonardo Semplichi shogirdlarida 3 ochkoni qo'lga kiritish uchun juda qulay vaziyat.
"Inter" - "Atalanta"
Inter Romelu Lukaku - 1', Nicolo Barella - 3', Lautaro Martinez - 77' |
Serie A . 37-tur 28/05/2023, 00:45 2
:
3
Tugadi
|
Atalanta Mario Pasalic - 36', Andre Onana - 90' |
Stadion: Giuseppe Meazza, 72192 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Orsato
"Atalanta"ning sobiq futbolchisi Galyardini diskvalifikaciya sabab o'yinni o'tkazib yuboradi, markaziy himoyachi SHkrinyar hamon maydonga tushishga to'liq tayyor emas. Boshqa chiziqlarda esa "Inter"da yo'qotishlar yo'q. Darvozani qo'riqlashga Onana qaytadi, hujumda esa Lukakuni ko'rsak ajabmas.
"Atalanta"da esa yo'qotishlar birmuncha ko'proq. Palomino, Xatebur va Sapata o'yinda ishtirok etolmasligi aniq. Jeremi Boganing jamoasiga yordam bera olishi esa so'roq ostida. "Verona" bilan bahsda zaxiradan o'yinga qo'shilgan Ademola Lukman asosiy tarkibga qaytishi mumkin.
Jamoalarning so'nggi to'qnashuvida "Inter" Bergamoda qiyin (3-2) g'alabani qo'lga kiritgan. "Neradzurri" g'alaba qozongan taqdirda, ECHL yo'llanmasini naqd qiladi. Hattoki durang ham milanliklar uchun qoniqarli natija sifatida qabul qilinadi. "Atalanta" ham hali hamon CHempionlar Ligasidan umid uzmagan, shuning uchun tavakkal qilib, hujumga borishga majbur. Bundan kelib chiqadiki bizni qiziqarli bellashuv kutib turibdi.
"Yuventus" - "Milan"
Juventus |
Serie A . 37-tur 29/05/2023, 00:45 1
:
0
Tugadi
|
AC Milan Olivier Giroud - 40' |
Stadion: Allianz Stadium, 40231 tomoshabin
Bosh hakam: Maurizio Mariani
Katta ehtimol, Pogba, Bonnuchchi va Fadjoli bu mavsum boshqa maydonga tusha olishmaydi. Danilo va Kuadradoning diskvalifikaciyadan qaytishi esa Allegri uchun chinakam xushxabar hisoblanadi. Hujumda murabbiy Vlaxovich-Milik duetiga ishonch bildirsa kerak. Diasning jarohati jiddiy bo'lib chiqmadi va "Milan" esa yangi yo'qotishlarga ega emas. Himoya markazi esa Tomori-Tiavga ishonib topshiriladi.
"Milan" birinchi davrada "Yuventus" 2-0 hisobida enggandi. Hozir esa favorit "keksa sinora". Turinliklar 10 ochko olib tashlangach, musobaqa jadvalidan o'zidan o'tib ketgan jamoani o'zaro kurashda mag'lub etish istagida "yonmoqda". Nazarimizda, "Yuventus" chindan bu bellashuvda bor kuchi bilan harakat qiladi. Lekin "Milan" ham "Atalanta" yoki "Roma" yaqinlashib olishi mumkinligi uchun ham 3 ochkoni shunchaki "sovg'a qilmaydi".
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar