So'nggi 15 yillikning eng kuchli triolari (reyting)
08 apr 2016 21:30
Yangiliklar
So'nggi 15 yillikning eng kuchli triolari (reyting)

10. Xaynkes qo'l ostidagi Riberi - Robben - Manjukich uchligi 2013 yilda jamoaga juda muvaffaqiyatlar keltirgan

9. 2013-14 yilgi mavsumdagi "Liverpul"ning chempionlikka judayam yaqin kelgan tarkibida Sterling - Suares - Starrij kabi futbolchilar bo'lgandi...

8. 2010-11 yilgi mavsumda "Barselona" Vilya - Messi - Pedro uchligi bilan Gvardiola qo'l ostida ko'plab sovrinlarni yuta olgan

7. BBC - Beyl - Benzema - Ronaldu. Ushbu futbolchilar haliyam "Real"da birga to'p tepishadi. Lekin, 2013-14 yilgi mavsumda bu shovvozlarni to'xtatib qolish hozirgiga qaraganda ancha qiyin edi

6. Yurgen Klopp qo'l ostidagi Gyotce - Roys - Levandovski uchligi o'sha 2012-13 yilgi mavsumda ko'pgina jamoaga boshog'riq bo'lardi

5. Yulduzli "Milan"ning 2003-04 yilgi mavsumida SHevchenko - Kaka - Krespo kabi futbolchilar bo'lgandi. Trioga ECHL g'olibi bo'lish nasib qilmagan. CHunki "Milan" kelasi mavsumning finalida "Liverpul"ga to'qnash kelgandi...

4. "Manchester Yunayted"ning 2007-08 yilgi mavsumida Teves - Runi - Ronaldu uchligining o'yinlarini eslaysizmi?

3. "Arsenal"ning mag'lubiyatsiz mavsumida aynan mana shu Anri - Pires - Bergkamp kabi futbolchilar bo'lgandi

2. JCH-2002 dagi uchta "RRR". Ronaldo - Rivaldo - Ronaldino. No komment!

1. Bugungi kundagi eng kuchli trio - Messi - Neymar - Suares desak hech kim qarshilik bildirmasa kerak-a?
Aziz To'xtamurodov
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar