Song Kamerun terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
07 jan 2015 09:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/157451_original.jpg)
![](/upload/storage/157451_220.jpg)
Song Kamerun terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
"Vest Xem" yarim himoyachisi Aleks Song Kamerun terma jamoasidgi faoliyatini yakunlagani haqida elon qildi.
Uning takidlashicha, futbolchi klubdagi faoliyatiga ko'proq etibor bermoqchi.
"Jahon chempionatidan keyin Kamerun terma jamoasidagi ishtirokimni yakunlash haqida o'yladim. Meni Afrika Kubogiga chaqirishmaganda, shunday qilish kerak ekanligini tushundim. Men oilam bilan maslahatlashdim va bu qaror to'g'ri ekanligini tushundim.
Men doimo vatanimni sevaman va Kamerun terma jamoasiga faqat eng yaxshi niyatlarni tilab qolaman. Endi bor etiborimni klubdagi faoliyatimga qaratishim kerak. "Vest Xem"da faoliyatimni yangilash imkoniyati bor" - deydi Song.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar