Son Xon Min kechagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
07 fev 09:24
Yangiliklar
Son Xon Min kechagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
Koreya Respublikasi sardori Son Xon Min Osiyo kubogini tark etganidan so'ng nimalar dedi?
“Men hayratdaman. Iordaniya terma jamoasi ushbu turnirda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda va ular o'z tarixlarini yozishda davom ettishmoqda. Ular g'alabaga haqli o'yin ko'rsatishdi, biroq biz oxirgacha kurashdik.
Bizning jamoa hali yosh va bu turnirdagi xatolardan to'g'ri xulosa chiqarishimiz lozim. Biz oldinga yurishimiz kerak. Iordaniyani yana bir bor tabriklayman. Ularga barcha yaxshi niyatlarni tilab qolaman.
Qiyin turnir o'tkazdik. Men afsusda emasman, chunki ushbu turnirda maksimal darajada harakat qildim. Osiyo futboli ancha o'sgan”,- dedi Son Xon Min.
Eslatib o'tamiz, Iordaniya kecha Koreya Respublikasini mag'lub etib, finalga yo'l oldi. Uning finaldagi raqibini bugun Qatar — Eron uchrashuvidan so'ng aniq bo'ladi.
Fikrlar