Solbakken: "Norvegiya durangga loyiq edi"
26 mar 2023 11:33
Yangiliklar
Solbakken: "Norvegiya durangga loyiq edi"
Norvegiya termasi bosh murabbiyi Stole Solbakken Evro-2024 saralashi doirasida Ispaniyadan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Bugun g'alabaga erishishimiz mumkin edi deb aytishim mumkin, biroq bu juda noto'g'ri bo'lardi. Ammo bu o'yinda durangga loyiq edik.
Agarda vaziyatlarimizdan foydalana olganimizda hisob boshqacha bo'lardi. Menimcha Norvegiya termasi so'nggi 100 yillikda safardagi eng zo'r o'yinini o'tkazdi. Ispaniya ikkinchi golni urganidan keyin bizda ikkinchi nafas ochilgandek bo'ldi. Jamoaning 84 daqiqa ichidagi o'yinidan mamnunman", - dedi Solbakken.
Fikrlar