Solari: "Uch ochko yo'qotdik"
17 fev 2019 21:07
Yangiliklar
Solari: "Uch ochko yo'qotdik"
"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari "Jirona"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Afsuski, biz mag'lub bo'ldik va raqobatchilarimiz g'alaba qozonishdi. Uch ochko yo'qotdik. Biz birinchi bo'limda juda yaxshi harakat qildik. Golli vaziyatlar bo'ldi.
Ikkinchi bo'limda esa "Jirona" pressing uyushtirdi va tavakkal qildi. Bizga ko'proq gol urish uchun aniqlik va kuch etishmadi.
LaLigada imkoniyatlar qolmadimi? Bunday emas. Biz haliyam uchta turnirda kurash olib boryapmiz. Keyingi haftada yana bir o'yinimiz bor.
Har bir o'yin qiyin kechadi. Raqib kim va qanday o'rinda ekanligining ahamiyati yo'q. Biz bunga yana bir marotaba guvoh bo'ldik. Oradagi farqni qisqartirib borish uchun yana g'alaba qozonishimiz kerak", - dedi Solari.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar