So’nggi yangiliklar

19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 19:03"Сўғдиёна" — "Насаф". Таркиблар маълум  2 19:00Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  14 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4

Sohil futboli: Yarim finalda uch viloyat vakili Yangiliklar

Sohil futboli: Yarim finalda uch viloyat vakili

Avval xabar berganimizdek, Qarshi shahri “Geolog” sport majmuasi hududidagi sohil futboli bo'yicha Respublikadagi yagona maydonda mamlakat chempionati davom etmoqda.

Kecha musobaqaning chorak final, bugun esa yarim final bahslaridan keyin final ishtirokchilari nomi malum bo'ldi.

Bundan bir oy muqaddam o'tkazilgan O'zbekiston Kubogida bosh sovrinni qo'lga kiritgan Buxoroning “Kogon” jamoasi bu gal chorak finaldayoq to'xtashga majbur bo'ldi. Sababi, kogonliklar bu galgi musobaqada asosan ikkinchi, yoshlar tarkibi bilan qatnashdi. Jamoaning etakchilari esa futzal bo'yicha mamlakat chempionatining tur o'yinlarida ishtirok etishi uchun sohil futboliga jalb etilmadi. Kogonliklar chorak finalda musobaqaning bosh sovriniga asosiy davogar “Adolat” jamoasiga kichik hisobda yutqazib qo'ydi.

Yarim final o'yinlari yanada shiddatli kechdi. “Adolat” va “Olimpiya” jamoalari o'rtasidagi o'yinda qarshiliklar arang g'alabani “ilib” ketishdi, ikkinchi uchrashuvda esa asosiy vaqtda ham, qo'shimcha daqiqalarda ham kuchlar teng keldi, faqat penaltilar seriyasida omad samarqandliklarga kulib boqdi...

CHorak final natijalari:

“Adolat” – “Kogon-2” – 2:1
“Koson” – “Huquq” – 1:3
“Olimpiya” (Jizzax) – IBO'SM – 2:0
“Samarqand” – “Olimpiya” (Qarshi) – 2:1

Yarim final natijalari:

“Adolat” – “Olimpiya” (Jizzax) – 4:3
“Huquq” – “Samarqand” -  2:2. Pen.bo'y. 0:1


Endi uchinchi o'rin uchun “Olimpiya” va “Huquq”, bosh sovrin uchun esa “Adolat” va “Samarqand” jamoalari o'zaro kuch sinashishadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика