"So'g'diyona"ning golsiz seriyasi uchta o'yinga etdi
17 mar 2018 10:00
Yangiliklar
"So'g'diyona"ning golsiz seriyasi uchta o'yinga etdi
Avvaliga oliy ligada tushirib yuborilgan, biroq keyinchalik yana Superligaga qaytarilgan "So'g'diyona"ning hozircha ishlari yurishmayapti. Jamoa ilk turda "Paxtakor"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Keyin esa o'z maydonida "Neftchi" bilan 0:0 o'ynadi.
Kecha esa "Buxoro" bilan kechgan safar bahsida jizzaxliklar yirik 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. Jamoaning "Paxtakor"dan mag'lubiyatini hazm qilsa bo'lar, uyda "Neftchi"ga qarshi bahsda shamol xalaqit berdi ham deylik, ammo kechagi o'yinda ko'rdikki, "So'g'diyona"da hamon tarkib va o'yin bo'yicha muammolar bor ekan.
"So'g'diyona" hujumchisi SHohruz Norxonov kechagi uchrashuvda harqancha harakat qilmasin, unga yaxshi bir tandem yo'qligi yaqqol sezildi. Yo'qsa, Norxonov gol uradigan hujumchilardan biri. Albatta, uchta o'yinda gol urmaslik boshqa jamoalarda ham kuzatilishi mumkin, lekin bu hol yana cho'ziladigan bo'lsa, jiddiyroq muammolar yuzaga kela boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, Superligada "So'g'diyona"dan tashqari yana ikkita jamoa hali to'p kirita olgani yo'q: "Qizilqum" va "Neftchi". "Neftchi" bugun "Bunyodkor" bilan bahs olib borsa, "Qizilqum" ertaga "Nasaf"ga qarshi bellashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar