So’nggi yangiliklar

23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  1 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  8 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  2 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13

"So'g'diyona"dagi muammolar hal qilinadimi? Yangiliklar

"So'g'diyona"dagi muammolar hal qilinadimi?

Oliy liga klublari mavsumga o'zi xohlagan, imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tayyorgarlik ko'rishmoqda.
“So'g'diyona” klubi ham boshqalardan qolishmaslikka harakat qilgan holda bir amallab chempionatga hozirlikni davom ettiryapti. Davron Fayziev ustozlik qilayotgan mazkur klubda muammo va kamchiliklar juda ko'p. SHu sababli o'tgan yilgi tarkibdan ko'pchilik o'yinchilar boshqa jamoalarga ketishdi. Etiborlisi, asosiy tarkib o'yinchilari “So'g'diyona”ni tark etdilar. Ularning o'rnini munosib to'ldirish Fayziev oldida turgan jiddiy muammoga aylandi. Ayni paytda jizzaxliklar Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishmoqda. Poytaxtdagi mashg'ulotlar 25 fevralga qadar davom etadi. SHu bilan birga o'rtoqlik o'yinlari orqali o'yinchilarning holatlarini tekshiryapti. Kuni-kecha bosh murabbiy tayyorgarlik va muammolar xususida to'xtalib o'tdi.  

- Hozircha tayyorgarligimiz reja bo'yicha ketyapti, deb gap boshladi Fayziev. – Lekin qiladigan ishlarimiz hali ko'p, kamchiliklarimiz, muammolarimiz etarli. SHularni bartaraf qilish ustida ish olib boryapmiz. Tarkib borasida ham bir to'xtamga kelganimiz yo'q. Ochig'i, biz uchun har tomonlama qiyinchilik bo'lyapti.  

- “Lokomotiv” bilan ikki marta nazorat uchrashuvini o'tkazdinglar. Ushbu uchrashuvlar jamoangizga nima berdi?
- Ikkala o'yin ham ikki xil ko'rinishda o'tdi. “Lokomotiv” deyarli ikki yarimta jamoa futbolchilariga ega. Biz ham ikkita tarkib o'ynaganimiz bilan ko'pchiligida oliy ligada o'ynash tajribalari juda kam. Birinchi uchrashuvda 0:1 hisobida oldinda borib yakunda 3:1 hisobida yutqazdik. Ikkinchi o'yinda esa jamoam yaxshi o'yin ko'rsata oldi. Faqat yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmaganimiz chakki bo'ldida. Buni men tajriba etishmasligi bilan bog'lagan bo'lardim. Murabbiy hech qachon jamoasi o'yinidan qoniqdim deb ayta olmaydi. O'z oldiga yuqori maqsadni qo'ygan jamoa bilan qanday o'ynashimiz kerak, nimalarga etibor qilishimiz kerak, shuningdek, raqib tanlamaslikni yigitlarga tushuntirdik. Har qanday raqib bilan tengma-teng kurashish kerakligini tushuntirib boryapmiz. O'tgan yili o'zimizga bo'lgan ishonchni his qildik. Bu yil esa o'sha ishonchni yanada kuchaytirishimiz lozim. Ammo ayrim sabablarga ko'ra o'tgan yilgi tarkibimizda bir qator futbolchilar boshqa jamoalarga ketishdi. Ularning o'rnini to'ldirish oz-moz muammo tug'diryapti. Ayniqsa, jamoaviy o'yin tashkil qilishimizda rosa qiyin bo'lyapti. Yangi taklif etilgan o'yinchilardan nimani talab qilayotganimizni tushuntirishda davom etyapmiz. Almashtirib bo'lmaydigan o'yinchining o'zi yo'q, hammani almashtirsa bo'ladi. To'g'ri, qiyinchiliklar har bir jamoada bo'lgani kabi bizda ham etarli. Lekin nimagadir erishmokchi bo'lsangiz, bunga osonlikcha erishish qiyin. “So'g'diyona”da bosh murabbiy sifatida ikki yilni o'tkazdim va bu uchinchi yilim bo'ladi. Maqsad jamoani qo'limdan kelganicha yaxshiroq shakllantirish, klub infrastrukturasini yaxshilashdir. Bizni xursand qilayotgani tomoni shundaki, mahalliy iqtidorli futbolchilarimiz tarbiyalanishmoqda.  

- Klubga yangi futbolchilarni jalb qilish masalasi qanday hal etilyapti?
- Ozmi-ko'pmi bartaraf etishga harakat qilyapmiz. To'g'ri, sharoit borasida maqtana olmaymiz. Tarkibimizdagi yangi futbolchilarga to'xtalsam, Suhrob Qobilov yana jamoamizga qaytib keldi. Bilsangiz kerak, u oldin ham “So'g'diyona”da to'p surgan. Tojikistonning “Istiqlol” klubida uch-to'rt yildan beri faoliyat olib borayotgan Sardor Iminovni ham taklif qildik. Aslida,surxondaryolik bu yigitga bilan ikki yil oldin qiziqqandim. O'sha paytda uning klubi bilan shartnomasi bor edi. O'tgan mavsum tugaganidan keyin Iminovning ham shartnomasi yakunlandi. Uning O'zbekistonga qaytish niyati borligini eshitganimdan keyin jamoamizga taklif qildim. Hozircha yomon taassurot qoldirmayapti. O'yindan-o'yinga moslashib boryapti. Hujumchi Jasur Boboev ham ko'rikdan o'tyapti. Samarqandan Turg'un Qobilov ham mashg'ulotlarimizda ishtirok etyapti. Umuman, ko'plab yangi o'yinchilarni taklif qila olganimiz yo'q. Umid qilamanki, chaqirgan futbolchilarimiz tez orada jamoamiz o'yiniga moslashib ketadilar. Bizda barcha etibor jamoaviy o'yinga qaratilgan.  

- Jamoa etakchisi – Rinat Bayramov ham klubni rasman tark etdimi?
- Ha, tark etdi. SHuningdek, Suhrob Berdiev, Murod Toshmatov, Maruf Murodov, Siroj Xamroev, Orif Mamajonov, Javodullo Ibragimov, Nodir Ashurmatov, umuman aytganda kamida 9-10 nafar futbolchi jamoamiz bilan xayrlashdi. Xech kimni majburlab o'ynata olmaymiz. Hammasi shart-sharoitga bog'liq.  

- Ko'rinib turibdiki, tarkib borasida oldingizda jiddiy muammolar bor. Bu yangi mavsumda sizga anchagina qiyinchiliklar tug'dirmasmikin?
- Qiyin ahvolga solishi aniq. Nima ham qilardik, sharoitdan kelib chiqqan holda ishlashda davom etamiz. Boya aytgandimdek, bu kabi muammolar barcha klublarimizda ham bor. Har bir narsa oxiri mablag'ga borib taqaladi. Tushunaman, har bir futbolchi yaxshi sharoitlarga ega bo'lgan klublarda to'p surishni istashadi. Kimdir ketaman desa uni majburlab o'ynata olmaymiz. Agar o'sha o'yinchini olib qolgan taqdiringizda ham bu sizga zarar bo'ladi. Qolaversa, maydonda yugurib mehnat qilgan jamoa yutadi, shunchaki yurgan futbolchi yuta olmaydi. Qanchalik to'g'ri yo'ldaligimizni vaqt ko'rsatadi. Muxlis va mutaxassislar mavsum davomida jamoamiz o'yiniga qarab baho beradilar. Oldingi yillardagidek bitta jamoani birlashtira olsak hammasi ko'ngildagidek bo'lishiga ishonaman. Buning uchun biz murabbiylardan ko'proq javobgarlik talab qilinadi.   

- Hozircha hech bir futbolchi bilan shartnoma tuzilmadimi?
- Hammasi bilan og'zaki kelishib qo'yganmiz. Zayavkadan o'tkazayotganimizda hammasi malum bo'ladi deb o'ylayman.

- Boshqa o'yinchi taklif qilmasdan mana shu tarkib bilan cheklanasizmi?

- Klubning iqtidosiy ahvolidan kelib chiqqan holda futbolchi taklif qilyapmiz. Biror-bir nomdor futbolchini jalb qilishga imkoniyatimiz yo'l qo'ymaydi. Futbol o'ynayman, yaxshi saviyaga ko'tarilaman degan o'yinchilarni jamoaga taklif qilyapmiz. Birinchi o'ringa pul masalasini qo'yayotgan yigitlarni olib qola olmaymiz. Ammo yana o'yinchilarni taklif qilish niyatimiz bor. Ammo ular bilan bir to'xtamga kelishimiz kerak. Biroq ularning nomlarini hozir ayta olmayman. Garchi safimizni ko'pchilik tark etishiga qaramasdan, tarkibimizdagi boshqa yigitlarni saqlab qoldik. O'tgan yili nechta futbolchini ro'yxatdan o'tkazgan bo'slak, hammasi chempionatda qatnashishdi. Hammasiga o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat berdik.

- Moliyaviy qiyinchiliklar bo'lsada, moldaviyalik darvozabon Melenchukni qanday qilib jamoada olib qoldingiz?

- Uni olib qolish katta qiyinchilik tug'dirdi. Darvozabon yarim jamoa deb bejizga aytilmaydi. Legionerimiz bilan bu safar ham fikrimiz bir joydan chiqqani uchun u bilan kelishuvga erishdik. Uch yildan beri “So'g'diyona”da faoliyatini olib boryapti. Klub rahbarlaridan bitta legioner futbolchini qo'shishni, u ham bo'lsa o'zimizda to'p surayotgan darvozabon deya tushuntirib ruxsat oldim. Undan ko'nglim to'lgani uchun yana xamkorlik qilishni taklif qildim. O'z navbatida u ham labbay deb javob berdi.  

- Muammolar bartaraf etilishiga qanchalik ishonyapsiz?

- Futbolchilarni taklif qilish borasidagi qiyinchiliklar bartaraf etiladi. Bu oldimizdagi dolzarb mavzu. O'tgan yilgidan ozgina qarzdorliklar qolgan. Buni klub rahbarlari futbolchilarga hisob-kitob ishlarini hal qilishlariga vada berishdi. Bizdan esa faqat sabr qilishimizni iltimos qilishdi. Ularning hozirgi holatlarini to'g'ri tushunib turibmiz. Viloyatimizda katta qurilish ishlari olib borilyapti. Jizzax shahri yangilanyapti. Biz chiroyli o'yinlar ko'rsatib, muxlislarni xursand qilib, olqishlarini olib shu yo'l bilan ularga javob qaytarishimiz mumkin.

FIRDAVSXON.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика