"So'g'diyona" yanvarda yig'iladigan bo'ldi
17 dek 2013 12:17
Yangiliklar
Oliy liga jamoalari bir ketin yig'inni boshlashayotgan bir paytda, Davron Fayziev jamoasining to'planishidan darak yo'q. Olingan malumotlarga ko'ra, jizzaxliklar bu oy yig'ilmaydi. Yanvar oyining to'rtinchi kunidan boshlab esa futbolchilar klub qarorgohiga etib keladi va shu kundan boshlab mashg'ulotga kirishiladi.
Bu yil jamoa sharafini himoya qilgan Maruf Murodov ayni paytda "Neftchi" yig'inida ishtirok etayotgan bo'lsa, himoyachi Siroj Hamroev "Mashal"ga o'tgan. SHuningdek yosh darvozabon Nodir Ashurmatov ham ijara muddati poyoniga etgach, jamoa bilan xayrlashgan. Hozircha yuqorida nomlari keltirib o'tilgan o'yinchilardan boshqa hech kim o'zga klubga ketmagan.
Legioner posbon Aleksandr Melenchuk bilan og'zaki kelishuvga erishilgan. SHu bois futbolchining yana klub ixtiyoriga qaytib kelishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Davron Fayziev ayni damda Toshkentda o'tayotgan PRO murabbiylik kurslarida o'qimoqda.

Fikrlar