"So'g'diyona"ning "Xo'jand"ga qarshi uchrashuvi 15:30 da boshlanadi, buning sababi malum qilindi
21 iyu 2022 16:47
Yangiliklar
"So'g'diyona"ning "Xo'jand"ga qarshi uchrashuvi 15:30 da boshlanadi, buning sababi malum qilindi
O'zPFL rahbari Diyor Imomxo'jaev telegram sahifasida "So'g'diyona" klubining OFK kubogi doirasida "Xo'jand"ga qarshi uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"17 avgust kuni "So'g'diyona" "Xo'jand"ga qarshi uchrashuvni 15:30 da boshlaydi. Boisi Xo'janddagi stadion projektorlari talabga javob bermaydi.
Malum bo'lishicha, Tojikiston tomoni 16:00 variantini OFK uchun taklif qilgan. Biroq uchrashuv pley-off maqomida ekani va penaltilar seriyasiga qadar davom etishi ehtimoli bor ekanidan kelib chiqib, OFK 15:30 variantida to'xtalgan.
Unutmaslik kerak, bu vaqtda havo harorati yuqori bo'ladi. SHundan kelib chiqib, Xo'jand uchrashuvni Dushanbeda ham o'tkazmoqchi bo'lgan. Ammo OFK bunda Xo'jandning yashash xarajatlarini qoplab bermaydi, o'z-o'zidan "Xo'jand" ham chiqim qilgandan ko'ra, issiqda o'ynab qo'ya qolganim maqul deydi", deya izoh berdi Imomxo'jaev.
Fikrlar