“So'g'diyona”-“SHo'rtan” o'yiniga chiptalar sotuvda
07 avg 2015 00:02
Yangiliklar


“So'g'diyona”-“SHo'rtan” o'yiniga chiptalar sotuvda
17-tur o'yinlari doirasidan o'rin olgan “So'g'diyona”-“SHo'rtan” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga chiptalar “So'g'diyona” stadioni kassalarida sotilmoqda.
CHiptalar narxi 5000 so'm. Stadionda uchrashuv davomida muxlislar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo'lib, ular oziq-ovqat mahsulotlari, yahna ichimliklar va boshqa servis xizmatlaridan bemalol foydalanishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, “So'g'diyona”-“SHo'rtan” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga 8 avgust kuni soat 19:00 da start beriladi. SHuningdek, 7 avgust kuni “So'g'diyona” qarorgohidagi maydonda soat 17:30 da ushbu jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv ham bo'lib o'tadi.
Futbolga befarq bo'lmagan barcha futbol muxlislarini ushbu jamoalari o'rtasidagi uchrashuvlarni stadiondan turib tomosha qilishga chorlab qolamiz!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar