"So'g'diyona" serbiyalik himoyachisi bilan hamkorlikni davom ettiradi
30 noy 2022 11:20
Yangiliklar
"So'g'diyona" serbiyalik himoyachisi bilan hamkorlikni davom ettiradi
Jizzax klubi himoyachi Marko Kolakovich bilan shartnoma muddatini uzaytirdi.
"Tajribali serbiyalik legioner Marko Kolakovich "So'g'diyona" bilan 2023 yilning 1 dekabrigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Malumot uchun, Marko Kolakovich joriy yilda 36 ta o'yinda ishtirok etib, jami 3141 daqiqa maydonda harakat qildi.
Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, Coca Cola Superligasi joriy mavsumida jami 25 ta uchrashuvda (2097 daqiqa) maydonda harakat qilib, 1ta gol urishga erishdi.
OFK Kubogi doirasida 6 ta o'yinda qatnashib, 570 daqiqa harakat qildi va o'z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo'ydi.
O'zbekiston Kubogida 5 ta bahsda maydonga tushib, bir marotaba raqib darvozasini ishg'ol qildi. SHuningdek, futbolchi 6 marotaba sariq kartochka bilan jazolandi", – deyiladi klub xabarida.
Fikrlar