“So'g'diyona”: Raqibimiz “Qo'qon-1912”
18 noy 2017 08:57
Yangiliklar
“So'g'diyona”: Raqibimiz “Qo'qon-1912”
Ushbu uchrashuv "So'g'diyona"ning oliy ligadagi 613-o'yini bo'ladi. Etiboringizga jamoalarning Jizzaxdagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.
USHBU MAVSUMDA
Birinchi davra 14-turida “So'g'diyona” safarda “Qo'qon-1912”ga qarshi bahs olib borgan edi. Ushbu bahsda o'tkan masumda jamoamiz sharafini himoya qilgan himoyachi Murod Xolmuxammedov 20 daqiqada hisobni penaltidan ochgan edi. Ko'p o'tmay 25 daqiqada Suxrob Berdiev hisobni 2:0 ko'rinishiga olib kelgan. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida Filip Rayevac hisobni yirik 3:0 holatiga olib kelgan edi. Ikkinchi bo'limning 55 daqiqasida Sardor Eminov penaltidan hisobni qisqartirishga muvaffaq bo'ldi 3:1. 76 daqiqada Sanjar Rashidov Nikita Ribkin darvozasini ishg'ol qildi va shu tariqa o'yin 3:2 hisobida yakunlangan edi.
“So'g'diyona” o'tgan turda safarda “Navbahor” ga qarshi bahs olib borgan edi va 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. “Qo'qon-1912 ” o'z maydonida “Bunyodkor” ni qabul qildi va 2:5 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
“Qo'qon-1912 ” 41 ochko bilan turnir jadvalida 8-o'rinni band etib turgan bo'lsa, “So'g'diyona” 28 ochko bilan 13-o'rindan joy olgan.
|
So'g'diyona Umid Qodirov - 64', Umid Qodirov - 90' |
Oliy liga. 29-tur 19/11/2017, 14:00 1
:
2
Tugadi
|
Qo’qon-1912 Murod Xolmuhamedov - 28' |
O'YINNI AHROL RISQULLAEV BOSHQARADI
Ushbu bahsni Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Alisher Usmonov va Temur Gaynulinlar yordam beradi. Zahiradagi hakam Oleg Rubakov.
Nazoratchi: Artyom Artyunov
O'zPFL vakili: SHerzod Rajabov
O'ZARO USTUNLIK
“So'g'diyona” hamda “Qo'qon-1912” klublari oliy ligada shu kungacha 21 bor kuch sinashishgan.“Qo'qon-1912” hisobida 7 ta, “So'g'diyona” hisobida 10 ta g'alaba mavjud. 4 o'yinda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik jizzaxliklar tomonida: 35:26. “Qo'qon-1912” o'zaro o'yinlarda 25 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa ,jizzaxliklar 34 ochkoni qo'lga qiritgan. “Qo'qon-1912”ning eng yirik g'alabasi 4:2, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati 5:2.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
29.10.2016 «So'g'diyona» - « Qo'qon-1912 » 1:1
26.06.2015 «So'g'diyona» - « Qo'qon-1912 » 2:1
14.09.2002 «So'g'diyona» - « Qo'qon-1912 » 1:0
10.05.2000 «So'g'diyona» - « Qo'qon-1912» 3:2
25.09.1999 «So'g'diyona» - « Qo'qon-1912 » 1:1
14.08.1998 «So'g'diyona» - « Qo'qon-1912 » 5:2
06.09.1995 «So'g'diyona» - « Qo'qon-1912 » 4:0
03.11.1994 «So'g'diyona» - « Qo'qon-1912 » 3:0
29.09.1993 «So'g'diyona» - « Qo'qon-1912 » 1:0
26.08.1992 «So'g'diyona» - «Qo'qon-1912» 1:0
O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:
Jizzaxdagi 10 ta o'yindan 8 tasida “So'g'diyona” g'alaba qozongan. 2 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. Jizzaxliklar o'z maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda Qo'qonliklarga 3 ochkoni boy bermagan.
O'YIN VAQTI VA JOYI.
Yoshlar ligasi bahsi 18 noyabr kuni soat 14:00 da “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 19 noyabr kuni 14:00 da “So'g'diyona” stadionida o'tkaziladi.
“QO'QON-1912” DAGI TANISH FUTBOLCHILAR
Jalil Kimsanov 2012-1013 yillarda,Suxrob Berdiev 2013-2014, Akmal Xolmurodov va Murod Xolmuhammedovlar 2015-2016 “So'g'diyona” sharafini himoya qilishgan.
“So'g'diyona” matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar