So'g'diyona rahbariyati muxlislar bilan uchrashdi
29 dek 2014 09:00
Yangiliklar

So'g'diyona rahbariyati muxlislar bilan uchrashdi
Jizzaxdagi yangi stadionda jizzaxlik muxlislar va “So'g'diyona” rahbariyati o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan edi.
Ushbu uchrashuvdan so'ng muxlislar “So'g'diyona” haqidagi fikrlari bilan qiziqishdi.
Igor:
- Bilasizmi, men 30 yildan beri “So'g'diyona”ga muxlislik qilaman. Jamoa oliy ligadami yoki birinchi ligada o'ynaydimi barcha o'yinlarini qoldirmay stadionlardan borib kuzatib kelaman. Jamoaning hozirgi holatiga fikr bildiradigan bo'lsam, Davron Jizzaxda o'z kuchiga ega jamoani shakllantira oldi deb qo'rqmay ayta olaman. 3 yildan beri jamoaga murabbiylik qilayotgan bo'lsa, menimcha futbolchilar namoyish etayotgan o'yin chakki emas. Hamma biladi jamoaga yaxshi homiy etishmayapti. Fayziev jamoani “suyagi”ni ushbu mavsumda ham saqlab qola olsa, eng yomon natija 9-10-o'rinlar bo'lishi mumkin.
- Davron Fayziyoevning istefosi xaqidagi xabarni eshitib juda ajablandim va barcha muxlislar qatori uni qo'llab-quvvatlash uchun men ham stadionga bordim. Uning ustidan shikoyat yozishganini va kim yozganligini ham bildim. Futbolda qarindoshchilik illatlari rol o'ynamaydi. Bu bir necha bora o'z isbotini topgan. Elyor Orifov Fayzievning jiyani ekanini hamma biladi. Xo'sh, Elyor ko'rsatayotgan o'yini qanchalik yomon? Stadionda uchrashuvlarni kuzatgan muxlisu mutaxassislar barchasiga o'z ko'zlari bilan guvoh bo'lishganku. Har bir futbolchi murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq bajarishga harakat qilsa ularda o'sish kuzatiladi.
Agar usha o'yinchi murabbiyni ko'rsatmalarini bajarmay, o'yinida pasayish sezilsa albatta zaxira o'rindig'iga joylashaveradi. Bu hamma biladigan va tushunadigan oddiy qoidalar. Spartak Murtazoev futbolchilar D.Fayzievdan norozi degan ekan… Kulguliku bu! Nimaga asoslanib bunday gapirgan? O'zim ko'pchilik futbolchilar bilan salom alik qilaman. Ularni bir nechtasidan so'radim ham. Hamma hayratda bu gap qaerdan chiqqanligiga. Qanday va nimalar bo'lishidan qatiy nazar, tarixdan ham yaxshi malumki, ustoz har doim haq bo'ladi! Hech qachon hech qaerda murabbiylarni ishlaridan qoniqish hosil qilinmagan. Bu nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda bor narsa. Hatto Joze Mourinoning mashg'ulotlariga norozi futbolchilar ham chiqqan, ular natijada boshqa jamoalarga ijaraga berilgan.
- Meni rahbarlarga bir iltimosim bor, jamoaga yuqori darajada bo'lmasa-da, hech bo'lmasa yaxshiroq sharoitlar yaratib berish kerak. Futbolchilar bilan kami 3-4 yillik shartnomalar imzolash kerak. Aks holda, 6 oylik yoki bir yillik shartnomalar o'zini oqlamaydigan tomoni bor. Jamoada o'yini ochilib, o'z o'yinini topib olgan futbolchilar boshqa jamoalarga o'tib ketishmoqda. “So'g'diyona”, ruschasiga aytganda, futbolchilarga “tramplin” vazifasini bajarib bermoqda. Biz muxlislar jamoadan faqat g'alabalar kutamiz. Har bir g'alaba biz uchun juda katta bayram.
Istam ota (82 yosh):
- Men jamoani ashaddiy muxlislaridan biriman desam hato bo'lmas. Davronjonni jamoadan ketishi haqidagi gap so'zlarni eshitib, men ham hamma qatori stadionga etib keldim. Rahbariyatga o'z fikrlarimizni bildirdik. Jizzaxda katta futbol har doim bo'lgan. Faqatgina so'nggi yillarda jamoamizning ko'rsatayotgan natijalari odamni tabini xira qiladi. Har bir o'yinda jamoamiz yutkazib qo'ymasin deb yurakni hovuchlab o'tiraman. Oldinlari-chi?
Oldinlari g'alaba qozonishimizga, jamoaning kuchiga ishonib, bemalol stadionga bayram qilish uchun tashrif buyurardik. Faqatgina chiroyli gollardan bahra olib va hisob qanday ko'rinish olishiga qiziqar edik. Jamoani Davron so'nggi ikki-uch yilda shakllantira oldi deya olaman. U murabbiy bo'lganidan beri jamoa o'z maydoniga ega emasdi. Dastlab G'allaorolda, keyinchalik Zomindagi “shudgor” maydonda uchrashuvlar o'tkazishga majbo'r bo'ldi. Muxlislar esa uzoq masofaga borib jamoani qo'llab-quvvatlashga majbo'r bo'lishdi. Yangi stadion qurilishi yakunlanib turgan bir vaqtda, jamoa o'z stadioniga ega bo'layotgan vaqtda qandaydir ko'ra olmaydiganlar paydo bo'libdi. Nega o'sha odamlar jamoani og'ir kunlarida o'z takliflarini kiritib yordam berishmadi?
Qaerda edi ular o'sha vaqtlari? Tayyoriga bakovul degan ota-bobolarimizni bir gapi bor edi. Xuddi shu narsa ro'y berishiga bir bahya qoldi. Haqiqat esa baribir g'alaba qozondi. Halq Davron Fayziev “So'g'diyona” jamoasida bosh murabbiy bo'lib ishlashini to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Hozirda jamoani Davrondan boshqa yaxshi tushunadigan odam yo'q. O'ylaymanki, rahbariyat unga keraklicha sharoitlarni yaratib bersa, jamoamiz yangi mavsumda o'z kuchini ko'rsata oladi. Rahbariyatga bir taklifimiz bor: Jamoaga avtobus olib berishlarini so'raymiz.

Fikrlar