So’nggi yangiliklar

17:40Расман: "Қўқон-1912" Нимели ва Соҳибжоновни ижарага олди  2 17:22"Машъал" 3 нафар футболчи билан битим тузди  1 16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  2 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  2 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  0 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  1 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  0 14:34"Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" Ла Лига юлдузи учун курашади  2 14:07Ёрқин Назаров: "Каттақўрғон" Про лигада ҳар бир рақибга муносиб қаршилик кўрсатади"  3 13:49"Дўстлик" Биринчи лигага тайёргарликни давом эттирмоқда  3 13:34Элдор Шомуродов мураббийи Нури Шахин, тўпурарлик пойгаси ва "Фенербахче" ҳақида гапирди  4 13:10"Шаржа" – "Насаф" учрашуви ўмонлик ҳакамларга топширилди  0 12:43"Навбаҳор" африкалик ҳужумчини жалб этмоқда  3 12:20Расман: "Машъал" ганалик футболчини таркибга қўшиб олди  0

Superliga. "So'g'diyona" "Qizilqum"ga hech qanday imkon qoldirmadi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" "Qizilqum"ga hech qanday imkon qoldirmadi

Superliga 27-turi doirasidagi "So'g'diyona" – "Qizilqum" o'yini yakunlandi.

Superliga 

27-tur

"So'g'diyona" – "Qizilqum" 3:0 

Zomin. "Zomin" stadioni. 15:00

Gollar: Lyupcho Doriev penalti 14', Rubin Xebay (Lyupcho Doriev) 34', Rubin Xebay 53'

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Zaxira hakami: Farrux Yansupov

Nazoratchi: Viktor Serazitdinov

VAR: Nikita Mustafin

AVAR: Rishat Nugmanov

Komissar: Vladimir Nazarov

"So'g'diyona": 1.Shohruh Isaqov, 2.Zoir Jo'raboev (9.Samandar Mavlonqulov, 37), 8.Suhrob Izzatov, 3.Islom Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 7.Xondamir Mustafoqulov (70.Jasur Jaloliddinov, 72), 10.Shohruh Abdurahmonov (18.Oybek Nurmatov, 72), 14.Lyupcho Doriev, 19.Javohir Qahramonov, 33.Sardor Rahmonov, 98.Rubin Xebay (28.Stanislav Andreev, 84). 

Zaxira: 27.Milan Mitrovich, 5.Behruz Jumatov, 24.Shahriyor Toshmurodov, 34.Dilshod Misraliev, 99.Umid Sultonov.

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhom Vahobov, 8.Shahzod Rahmatullaev,  9.Islom Kenjaboev, 11.Jambuli Jigauri, 16.Asror G'afurov, 22.Shahzod Turopov (20.Bobomurod Bozorov, 46), 23.Samandar Shukurullaev, 70.Shohruz Norxonov (17.Akmal Muzaffarov, 68), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 88.Dushan Miyich (19.Ilhom Kenjaev, 68).

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 6.Murodali Usmonov, 7.Davron Anvarov, 18.Farhod Bekmuratov, 33.Sulton Rahmatov, 79.Diyor Raxmatilloev.

Ogohlantirish: Samandar Shukurullaev (42), Islom Kenjaboev (61), Fayzullobek Jumanqo'ziev (69), Oybek Nurmatov (84). 


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+1. Kenjaboev ortdan turib Nurmatovni yiqitdi. 

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shildi. 

90. Zarbaaa! Kenjaboevning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. 

84. "So'g'diyona"da o'zgarish: Xebay o'rniga Andreev bahsni davom ettiradi. 

84. Nurmatov Jumanqo'zievga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi. 

82. "Qizilqum" hujum qilishda davom etmoqda, ammo hozircha samara yo'q. 

77. G'afurov maydon markazida katta tezlikda oldinga intilayotgan Dorievni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi. 

72. "So'g'diyona"da 2 ta o'zgarish: Abdurahmonov o'rniga Nurmatov, Mustafoqulov o'rniga Jaloliddinov maydonga tushdi. 

72. Ravshan Abduvohidov VAR monitorida ehtimoliy qizil kartochkani o'rgandi va fikrini o'zgartirmadi. 

69. Jo'raqo'ziev Mustafoqulovga nisbatan o'ta qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi.  

68. "Qizilqum"da 2 ta almashtirish: Norxonov o'rniga Muzaffarov, Miyich o'rniga Kenjaev tushirildi. 

68. Uuux! Kenjaboev olis masofadan belgilangan jarimadan to'g'ri darvoza tomon tepdi, darvozabon uni qiyinchilik bilan qaytardi.

66. Zarba! Rubin Xebayning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

65. Jarima maydonchasi yaqinida Abdurahmonov yiqitildi, standart belgilandi. 

61. Kenjaboev Qobilovga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi. 

60. Uuux! Kenjaboevning bosh bilan bergan zarbasini Isaqov shunchaki ilib oldi va xavf ortda qoldi. 

59. Zarbaaaa! O'tgan turning eng chiroyli golini urgan Kenjaboev o'tkir burchakdan gol urib, tabloga nomini yozdirib qo'ymoqchi bo'ldi, bu gol ham eng chiroylilaridan biri bo'lardi... 

53. GOL! Qahramonovning ketma-ket 2 ta zarbasini qaytargan Quvvatov Xebayning chap oyoqda bergan zarbasi oldida ojiz qoldi — 3:0! 

52. Zarbaa! Norxonov qulay nuqtadan zarba berdi, ammo to'p himoyachiga tegib qaytdi. Hujumchi to'p qo'lga tegdi, deya etiroz bildirmoqda. 

51. Zarbaaa! Asror G'afurov olisdan darvozani nishonga olishga harakat qildi, erlatib yo'llangan zarba sal noaniq ketdi. 

50. Xebay qanotdan ichkariga to'p oshirmoqchi bo'ldi, ammo urinish muvaffaqiyatli chiqmadi.  

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Qizilqum"da almashtirish: Turopov o'rniga Bozorov bahsni davom ettiradi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 

45+1. Zarbaaa! Abdurahmonovning aylanma zarbasiga aniqlik etishmadi.  

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

45. Kenjaboevning zarbasi o'ta noaniq chiqdi. 

42. Samandar Shukurullaev tezkor hujumni to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi. 

37. "So'g'diyona"da o'zgarish: Jo'raboev o'rniga Mavlonqulov tushdi. 

34. GOL! Dorievning pasidan keyin Xebay deyarli bo'sh darvozaga yo'l topdi – 2:0! 

30. Zarba! Qahramonovning zarbasi rikoshet orqali Quvvvatovga etib bordi. Tajribali posbon sergak turganini ko'rsatdi va to'pga ega chiqdi. 

26. Abdurahmonov maydon markaziga yaqin hududda Muzaffarovga niisbatan qoidani buzdi.

22. Norxonov Isaqovni biroz turtdi, hakam darvozabonning holidan xabar oldi. Hammasi joyida. 

17. Zarbaaaa! Dahshat! Abdurahmonovning pasidan keyin Xebay yaqin masofada turib mo'ljalda adashdi, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi... 

16. Uuux! Rahmatullaev olis masofadan darvozani poyladi, Isaqov qiyinchilik bilan xavfni bartaraf etdi. 

14. GOL! Doriev penaltidan to'p kiritib, hisobni ochdi – 1:0! 

11. Penalti belgilandi. To'p himoyachi Miyichning qo'liga tekkani malum bo'ldi. 

11. Bosh hakam Ravshan Abduvohidov VAR monitoriga chaqirildi. To'p "Qizilqum" vakili qo'liga tekkan bo'lishi mumkin... 

10. Abdurahmonov jarima maydonchasi ichida yayramoqda. U bir qator himoyachilarni aldadi, ammo yakunda faqat burchak zarbasi ishladi. 

8. Jizzaxliklar bugun juda faol — Boshkovich shogirdlari ketma-ket hujum uyushtirmoqda. 

5. Zarbaaa! Xebay to'pni to'xtatmasdan zarba berdi, Quvvatov o'z o'rnida! Shundan so'ng Qobilov darvozani poylashda biroz adashdi. 

3. GOLQobilovning uzatmasidan so'ng Abdurahmonov bosh bilan to'p kiritdi, biroq u ofsayd tufayli bekor qilindi. 

2. Uuux! Dorievning uzatmasdian so'ng Jo'raboev bosh bilan darvozani nishonga oldi, Quvvatovdan seyv! 

1. O'yin boshlandi! 

- Uchrashuv 15:00 da start oladi. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика