“So'g'diyona” PFK qoshidagi futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari mashg'ulotidan FOTOGALEREYA

Narzulla Saydullayev
30 dek 2017, 21:18
Ma'lumki, O'zbekiston Futbol Federatsiyasining talablari bo'yicha har bir klub o'z qoshida o'z futbol akademiyasiga ega bo'lishi darkor.

Xuddi shunday akademiyalardan biri “So'g'diyona” PFK qoshida ham ish boshladi. “So'g'diyona” PFK qoshidagi akademiyaga Ulug'bek Almatov rahbarlik qilib kelmoqda.

Jizzax viloyati futbol maktablari shu kungacha ko'plab iqtidorli futbolchilarni yetishtirib kelmoqda. Ular nafaqat viloyatimiz, balki O'zbekiston milliy terma jamoalarida, xalqaro maydonlarida o'z o'yinlari bilan muhlislarni xursand qilishmoqda.  Ko'plab futbolchilar Rossiya Premer ligasida, Qatar yulduzlar ligalarida  to'p surib kelishmoqda. Jasur Hasanov, Sardor Rashidovlarning  futbol olamiga ilk saboqlarni bergan murabbiy Usmon Muhammedshin  ham akademiyada yosh charm to'p ustalariga saboq berib kelmoqda.

U-10 va U-14  jamoalarga Ulug'bek Almatov

U-14 va U-16 jamoalarga Ahmedov Jasur

U-18 yosh toifasidagi futbolchilarga Usmon Muhammedshin murabbiylik qilib kelmoqda

Qo'yida kuni kecha ushbu yosh toifalari futbolchilarning mashg'ulotidan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin.




“So'g'diyona” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz