“So'g'diyona” “Paxtakor”ga qarshi tayyorgarlikni boshladi FOTO
25 fev 2018 14:19
Yangiliklar


“So'g'diyona” “Paxtakor”ga qarshi tayyorgarlikni boshladi FOTO
Xabaringiz bor, “So'g'diyona” mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda olib bordi.
Yig'indan so'ng jamoa murabbiylar shtabi jamoaga qisqa muddatli tatil bergan edi.
Kecha jamoa “So'g'diyona” qarorgohiga yig'ildi va Superliganing ilk turidagi raqibi “Paxtakor”ga qarshi bahsga tayyorgarlikni boshladi. Ob-havoning yomg'irli bo'lishiga qaramay mashg'ulotlar ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, Superliganing ilk bahsini safarda “Paxtakor”ga qarshi o'tkazadi. O'yin 2 mart kuni soat 20:00da boshlanadi.
Qo'yida jamoaning kechagi mashg'ulotidan fotogalereyani tomosha qilishingiz mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar