So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Superliga. So'g'diyona mavsumdagi ilk g'alabasini Paxtakor ustidan qo'lga kiritdi Yangiliklar

Superliga. So'g'diyona mavsumdagi ilk g'alabasini Paxtakor ustidan qo'lga kiritdi

Superliga 4-tur doirasidagi "So'g'diyona" - "Paxtakor" o'yini yakunlandi.

"So'g'diyona" — "Paxtakor" 2:0 

Gol: 46 - Lupche Doriev (Jorjevich), 51 - Jorjevich (Ahadov)

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev

Yordamchi hakamlar: Andrey Sopenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Aleksandr Sidorov

Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

"So'g'diyona": Mitrovich (Sobirov, 90), Jo'raboev, Qobilov, Ahadov, Mustafoqulov, Izzatov, Doriev ( Sindarov, 90), Qahramonov, Andreev (Soyibov.73), Jorjevich (Mavlonqulov, 87), Sultonov ( Panshanbe,73).

Zaxira: Jumatov, Rashidov, Nurmatov, Omonkeldiev, 

"Paxtakor": Jonatan, Alijonov, Abdullaev, Hamraliev (Abdumajidov, 16), Adhamzoda (Mahammadjonov,56), Lukka, Sobirxo'jaev, O'rinboev ( Jo'raqo'ziev,56), Hamdamov ( Resan,80), Flamarion, Sergeev.

Zaxira: Nazarov, Ibragimov, Ortiqboev, Usmonov,  Saitov.

Ogohlantirish: 24 - Qahramonov, 24 - Flamarion, 45+5 - Jo'raboev, 63 - Lukka


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90. Mitrovich jarohat oldi, uning o'rniga Sobirov maydonga tushdi. Shuningdek, Doriev maydoni tark etdi uning o'rniga Sindarov tushdi

Hakam ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berdi

87. Jorjevichning o'rniga Mavlonqulov maydonga tushdi

84. Resanning uzatmasini Mitrovich ushlab oldi. Bugun «sherlar»ning hujumdagi ishlari umuman o'xshamayapti

80. Hamdamovning o'rniga Bashar Rezan maydonga tushdi

74. Qahramonovning zarbasi xavfli chiqdi, biroq noaniq

73. Soyibov va Payshanbe maydonga tushdi, ular Sultonov va Andreevni alishtirishdi

67. Jo'raqo'zievning boshi bilan yo'llagan zarbasi noaniq ketmoqda

64. Dorievning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

63. Ogohlantirish. Lukka to'p uchun kurashda qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi

56. O'rinboev va Adhamzoda maydoni tark etdi, ularning o'rniga Mahammadjonov va Jo'raqo'ziev maydonga tushdi



51. GOOOL. Ikkinchi bo'limda Boshkovich shogirdlari umuman boshqacha kayfiyatda tushishdi. Burchak to'pidan so'ng Jorjevich farqni ikkitaga oshirmoqda

50. Sultonov hisobni ikkitaga oshirishi mumkin edi, bu safar mehmonlar posbonidan super seyv

46. GOOOL. Mezbonlar ikkinchi bo'limning ilk daqiqasida gol urmoqda. Gol muallifi Lupche Doriev.

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+5. Ogohlantirish: Jo'raboev ogohlantirildi

Hakam birinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berdi

44. Adhamzodaning uzoqdan yo'llagan zarbasi ham noaniq ketdi

40. Birinchi bo'lim yakuniga 5 daqiqa qoldi, hozircha hech bir jamoa xavfli hujum tashkil qilmadi

33. Jorjevichning zarbasini darvozabon qiyinchiliksiz ushlab oldi

30. O'rinboevning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi

24. Ogohlantirish: Hakam Flamarion va Qahramonovga sariq berishga qaror qildi

20. Tantashev VARga bormoqda. Ehtimoliy qizil kartochkani ko'rmoqda. Qahramonov Flamarion bilan bo'lgan holat uchun qizil olishi mumkin

17. Hamraliev jarohat oldi, uning o'rniga Abdumajidov maydonga tushdi

11. Mehmonlarning uchrashuvdagi ilk yaxshi vaziyati. Adhamzodaning uzatmasidan so'ng O'rinboev zarba yo'lladi, biroq zarbaga ozgina aniqlik etishmadi

8. «So'g'diyona»ning hujumlari xavfli chiqmoqda. Bu safar burchak zarbasidan so'ng yaxshi imkoniyat bo'ldi. Biroq raqib himoyachisi to'pni burchakka chiqarib yubordi

7. Andreevning jarimadan yo'llagan kuchli va aniq zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

1. Ilk daqiqadan mezbonlar huhym tashkil qildi. Dorievning zarbasi noaniq ketdi

UCHRASHUV BOSHLANDI!


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика