So’nggi yangiliklar

10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  3 10:24Мусиала операция қилинди  2 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  6 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  1

“So'g'diyona” oliy ligada 585-o'yin arafasida Yangiliklar

“So'g'diyona” oliy ligada 585-o'yin arafasida

Oliy liganing 21-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi. Bu bahs “So'g'diyona” ning oliy ligadagi 585 o'yini bo'ladi.

USHBU MAVSUMDA

Birinchi davrada 6-turida “So'g'diyona” Navoiyda “Qizilqum”ga qarshi bahs olib borgan edi. Ushbu bahsda jamoa sardori Sanjar Rashidov  o'yinning 27 daqiqasida  standart vaziyatdan gol kiritgan edi. Uchrashuvning 52 daqiqasida hakam tomonidan penaltidan SHukurali Po'latov samarali foydalandi  va natijada o'yin 1:1 hisobida yakuniga etgandi.

“So'g'diyona” o'tgan turda “Obod” ni safarda engan bo'lsa, “Qizilqum” o'z o'yinda “Bunyodkor”ni mag'lub eta olmadi va 3:3 hisobida o'yin yakunida etgan. “Qizilqum” 25 ochko bilan turnir jadvalida  11-o'rinni band etib turgan bo'lsa, “So'g'diyona” 21 ochko bilan 13-o'rindan joy olgan.


O'YINI V.KOVALENKO BOSHQARADI

“So'g'diyona”(Jizzax)-“Qizilqum”(Navoiy) o'yinini V. Kovalenko boshqaradi. Unga qanotlarda A. Snetkov (Toshkent vil)va S. Eremeevlar(Toshkent) yordam  beradi. Zahiradagi hakam R. Abduvohidov(Qarshi). Tasodifni qarangki,birinchi davrada aynan ushbu ikki jamoa o'rtasidagi qarama-qarshilikni aynan V. Kovalenko boshqargan.

O'ZARO USTUNLIK

“So'g'diyona” hamda “Qizilqum”  klublari oliy ligada shu kungacha 27 bor kuch sinashishgan.“So'g'diyona” hisobida 7 ta, “Qizilqum” hisobida 14 ta g'alaba mavjud. 6 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Qizilqum” tomonida:  -11:11. “So'g'diyona” 27, “Qizilqum” o'zaro o'yinlarda 48 ochkoni qo'lga kiritgan. “So'g'diyona”ning eng yirik g'alabasi 4:1, “Qizilqum”ning eng yirik muvaffaqiyati ham  4:1.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:

01.07.2016 So'g'diyona - Qizilqum 1:1
02.08.2015 So'g'diyona - Qizilqum 4:1

07.11.2014 So'g'diyona - Qizilqum 1:0
17.08.2013 So'g'diyona - Qizilqum 2:1

19.08.2011 So'g'diyona - Qizilqum 0:2
19.08.2009 So'g'diyona - Qizilqum 0:1

10.05.2008 So'g'diyona - Qizilqum 2:0
29.08.2006 So'g'diyona - Qizilqum 0:2
12.06.2005 So'g'diyona - Qizilqum 0:0
03.05.2004 So'g'diyona - Qizilqum 2:0
22.06.2002 So'g'diyona - Qizilqum 1:2
01.10.2001 So'g'diyona - Qizilqum 1:0
01.07.2000 So'g'diyona - Qizilqum 2:0


O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 13 ta o'yindan 7 tasida “So'g'diyona”, 4 tasida “Qizilqum”  g'alaba qozongan. 2 ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan.

O'YIN VAQTI VA JOYI.

Yoshlar ligasi bahsi 15 sentyabr kuni soat 16:00 da “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 16 sentyabr kuni 18:00 da “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadi.

JAMOA TO'PO'RARLARI.

“So'g'diyona” sardori Sanjar Rashidov chempionat to'po'rarlar ro'yxatida 2 o'rinni egallab turibdi. Uning hisobida 11 ta gol bor. Jamoa hujumchisi Ixtiyor Toshpo'latov hisobida esa 5 ta gol bor. Azamat Isroilov,Sardor Eminov,Sarvar Jo'raev hisobida 1 tadan gol mavjud.

“So'g'diyona” matbuot xizmati

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика