So’nggi yangiliklar

12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  0 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  0 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  1 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  6 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  2 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  3 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0

Superliga. "So'g'diyona" va OKMK o'zaro durang o'ynab, "Nasaf"ni chempionlikka yaqinlashtirdi Yangiliklar

Superliga. "So'g'diyona" va OKMK o'zaro durang o'ynab, "Nasaf"ni chempionlikka yaqinlashtirdi

Teglar :  "So'g'diyona"OKMK
Superliga 21-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - OKMK uchrashuvi yakunlandi.

"So'g'diyona" - OKMK 1:1 

Gollar: 11 - Ruben Sanches (Xurshid G'iyosov), 87 - Islom To'xtaxo'jaev (avtogol)
21 oktyabr 2024 yil. Jizzax, "So'g'diyona" stadioni. 18:00
Hakamlar
: SHavkat Nasibullaev, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Mumtoz Toshmurodov
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Islom Azimov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: SHerzod Rajabov. 

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Islom Qobilov, 4.Otabek Ahadov, 6.Alisher Salimov 8.Vladimir Yovovich (99.Umidbek Sultonov.84), 9.Samandar Mavlonqulov (82.Fazliddin Omonkeldiev, 77), 14.Lyupcho Doriev, 23.Suxrob Izzatov, 28.Stanislav Andreev ( 68.Sardorbek Hoshimov,77), 32.Nodir Soibov, 33.Oleg Zoteev. 

Zahira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Sardor Qulmatov, 5.Jasurbek Yoqubov, 7.Muhammadyusuf Fozilov, 17.Samandar Sindarov, 22.Aleksey Nosko, 

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov ( 30.Abror Sarimsoqov, ( 30.Abror Sarimsoqov, 87), 5.Giorgi Papava, 9. Ruben Sanches, 10.Xurshid G'iyosov (22.SHohrux Gadoev,86), 11.Kleydi Daci (27.Ali Abdurahmonov,87), 13.Eldorbek Begimov, 15.Oybek Rustamov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Saidafzalxon Axrorov, 28.Arixiro Sentoku ( 77.Nodirbek Abdurazzoqov.90+4).

Zahira: 25.Dilshod Yoqubov, 3. Sardor Rahmonov, 6. Avazbek O'lmasaliev, 19.Mixael Klepach,  23.Iskandar Businov,

Ogohlantirish:  66 - Stanislav Andreev, 80 - Arixiro Sentoku


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+1. Xoshimov dubl qayd etgandi, biroq yon hakam bayrog'ini ko'tarmoqda

Hakam ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi

87. GOOOL. Sardorbek Hoshimov hisobni tenglashtirdi

86. O'zgarish: Sarimsoqov, Gadoev, Abdurahmonov maydonga tushdi, ular Daci, Qosimov va G'iyosovni alishtirishdi

84. O'zgarish: Yovovichning o'rniga Sultonov tushdi

82. Ilyosovdan super seyv. Yovovichning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini mehmonlar posboni qaytardi

80. Ogohlantirish: Arixiro Sentoku xatoga yo'l qo'ydi va bu xatoni qo'pollik bilan "tuzatdi". Bu qilmishi uchun esa Nasibullaev sariq kartochka ko'rsatdi

77. O'zgarishlar: Fazliddin Omonkeldiev va Sardorbek Hoshimov maydonga tushdi, ular Samandar Mavlonqulov a Stanislav Andreevni alishtirishdi

73. Vladimir Yovovichning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

67. Xurshid G'iyosovning jarimadn yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi, biroq to'p himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi

66. Ogohlantirish: Stanislav Andreev hakam tomonidan ogohlantirildi

65. Mrjamol Qosimov raqibning xatosidan so'ng to'pni egallab oldi va zarba yo'lladi. Biroq olmaliqliklar hujumchisining zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

63. Uchrashuv shiddatli ko'rinish olmoqda. Har ikki jamoa azolari har bir to'p uchun jiddiy kurash olib bormoqda

56. Oybek Rustamovning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi

53. Mezbonlar "shturm"ni boshlashdi. Bu safar Zoteevning zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi

50. Vladimir Yovovich qanotdan kirib bordi va zarba yo'lladi. Uning zarbasini Ilyosov ushlab oldi. Ikkinchi bo'lim boshida mezbonlar hujumkorlikni oshirdi

47. Dorievning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun uch daqiqa qo'shib berdi

44. Andreevning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib, burchakka chiqib ketdi

41. Burchakdan uzatilgan to'pni Qobilov darvozaga aniq yo'llantirgandi, mehmonlar darvozaboni o'z o'rnida

36. Begimov qanotdan to'pni uzatdi, Salimov sal qolsa, o'z darvozasiga gol urishi mumkin edi. Mezbonlar bahtiga zarba sekin chiqdi va Mitrovich to'pni egallab oldi

27. Qosimov Sanchesni darvozabon bilan birga bir chiqarib yubordi. Biroq Sanchesning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi. Olmaliqliklarning hujumlari xavfli chiqmoqda. Biroq ular o'z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalana olishmayapti.

22. Barchasi joyida o'yin davom ettirildi

21. SHavkat Nasibullaev VAR bilan muloqot qilmoqda. Mehmonlar darvozasiga penalti tepilishi mumkin

20. Uchrashuv tezligi biroz sekinlashdi. Mehmonlar yaxshi himoyalanishmoqda. Mezbonlarning hujumlarida esa muammolar kuzatilmoqda

13. Mezbonlar gol o'tkazib yuborganidan so'ng hujumlari xavfli ko'rinish olishni boshladi. Hozircha Qosimov shogirdlari yaxshi himoyalanmoqda

11. GOOOL. G'iyosovdan ajoyib uzatma va Sanches uchrashuvda hisobni ochdi.

7. Barchasi joyida Nasibullaev uchrashuvni davom ettirishga ruhsat bedi. Heh qanday penalti yo'q

5. Mezbonlar ham xavfli hujumga tezda javob qaytarishdi. Mavlonqulovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini Ilyosov qiyinchilik bilan qaytardi. Qaytgan to'pga esa Doriev etib kelmadi. Biroq mezbonlar vakili Suxrob Izzatov raqib maydongachisida yiqildi.

4. Sanches Kleydi Dacini darvozabon bilan deyarli birga bir chiqarib yubordi, olmaliqliklar hujumchining kuchli va aniq zarbasini Mitrovich qiyinchilik bilan qaytardi

Uchrashuv boshlandi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика