“So'g'diyona”: Mavsumdagi so'nggi raqibimiz “Buxoro”

Narzulla Saydullayev
24 noya 2017, 09:00
Oliy liganing 30-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi safarda “Buxoro”ga qarshi safarda bahs olib boradi.

Ushbu uchrashuv "So'g'diyona"ning oliy ligadagi 614-o'yini bo'ladi. E'tiboringizga jamoalarning Buxorodagi bo'lib o'tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

USHBU MAVSUMDA

Birinchi davra 15-turida “So'g'diyona”  o'z maydonida “Buxoro”ga  qarshi bahs olib borgan edi.  Ushbu bahsning 11 daqiqasida hisobni  ochgan edi. Ikkinchi bo'limda jamoamiz xujumchisi 64 daqiqada hisobni tenglashtirdi. 1:1. Zahiradan maydonga tushgan Baxriddin Vahobov Shoxrux Eshbo'taev darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi bo'ldi va hisobni 2:1 ko'rinishiga olib kelgan edi. Shu tariqa o'yin mehmonlarning foydasiga yakunlangan edi.

“So'g'diyona” o'tgan turda o'z maydonida  “Qo'qon-1912” ga qarshi bahs olib borgan edi va 2:1 hisobida g'alabaga  qozondi. “Buxoro ” safarda “Bunyodkor”ga qarshi o'yinda va  3:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

“Buxoro ” 43 ochko bilan turnir jadvalida  6-o'rinni band etib turgan bo'lsa, “So'g'diyona” 31 ochko bilan 13-o'rindan joy olgan.


O'YINI AHMAD ERGASHEV BOSHQARADI.
Hakamlar: A.Ergashev (Toshkent), R.Fozilov (Namangan), M.Majidov (Namangan), K.Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: S.Ermatov (Toshkent)
O'zPFL vakili: B.Haydarov

O'ZARO USTUNLIK

“So'g'diyona” hamda “Buxoro”  klublari oliy ligada shu kungacha 43 bor kuch sinashishgan.“Buxoro” hisobida 21 ta, “So'g'diyona” hisobida 16 ta g'alaba mavjud. 6 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik  buxoroliklar  tomonida:  61:58. “Buxoro”  o'zaro o'yinlarda 69 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa ,jizzaxliklar 54 ochkoni qo'lga qiritgan.  “Buxoro”ning eng yirik g'alabasi 4:1, “So'g'diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati  6:2.


 “Buxoro” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:

05.11.2016 Buxoro - So'g'diyona 3:0
01.07.2015 Buxoro - So'g'diyona 1:0
27.08.2014 Buxoro - So'g'diyona 2:1
23.03.2013 Buxoro - So'g'diyona 4:1
09.09.2011 Buxoro - So'g'diyona 2:1
17.10.2009 Buxoro - So'g'diyona 0:0
13.09.2008 Buxoro - So'g'diyona 2:3
28.05.2006 Buxoro - So'g'diyona 3:0
25.09.2005 Buxoro - So'g'diyona 1:0
21.08.2004 Buxoro - So'g'diyona 1:2
20.04.2002  Buxoro - So'g'diyona 0:4
21.04.2001 Buxoro - So'g'diyona 1:1
14.08.2000 Buxoro - So'g'diyona 3:2
14.08.1999 Buxoro - So'g'diyona 1:0
19.08.1998 Buxoro - So'g'diyona 0:1
14.09.1997 Buxoro - So'g'diyona 0:0
11.06.1996 Buxoro - So'g'diyona 2:1
24.09.1995 Buxoro - So'g'diyona 0:3
23.10.1994 Buxoro - So'g'diyona 3:2
20.10.1993 Buxoro - So'g'diyona 1:0
26.04.1992  Buxoro -So'g'diyona3:1


O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:
Buxorodagi 21 ta o'yindan 5 tasida “So'g'diyona” ,13 tasida “Buxoro” g'alaba qozongan. 3 ta o'yinda durang natija qayd etilgan.

O'YIN VAQTI VA JOYI.
Yoshlar ligasi bahsi 24 noyabr kuni soat 14:00 da “Umid” sport majmuasida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 25 noyabr  kuni 14:00 da “Buxoro” stadionida o'tkaziladi.

“BUXORO” DAGI TANISH FUTBOLCHILAR

Toxir Shamshitdinov 2010 yilda, Salamat Qutibaev  2013 yilda, Rabbim Hasanov 2016 yilda  “So'g'diyona” sharafini himoya qilishgan.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати