"So'g'diyona" mavsumda ilk bor safarda g'alaba qozondi!
27 avg 2015 09:00
Yangiliklar


"So'g'diyona" mavsumda ilk bor safarda g'alaba qozondi!
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi oliy liganing 20-turini Bekobodda "Metallurg"ni mag'lub etdi.
SHu tariqa, Davron Fayziev boshchiligidagi jamoa bu mavsum oliy ligada ilk bor safardagi o'yinda g'olib chiqdi. Bunga qadar 9 bor safarda o'ynagan "So'g'diyona" uyiga 9 bor mag'lub bo'lib qaytgan edi. So'nggi bor Jizzax jamoasi 2014 yilning 15 avgustida safarda g'alaba qozonib qaytgandi. O'sha kuni Samarqandda "Dinamo" taslim qilingandi.
Hozirga kelib mavsumda safarda umuman g'alaba qozona olmagan ikkita jamoa qoldi - "Buxoro" va "Dinamo".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar